So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   50 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   2 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  4 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Davron Hoshimov: "Maqsadimiz - jahon chempionatiga chiqish" Yangiliklar

Davron Hoshimov: "Maqsadimiz - jahon chempionatiga chiqish"

O'zbekiston va Suriya o'rtasida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz himoyachisi Davron Hoshimov saytimizga qisqa intervyu berdi.

- Davron, o'yin haqidagi fikrlaringiz?

- O'yinga keladigan bo'lsak, bu bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Yig'in oldidan Turkiya, KXDR va Suriya bilan bo'ladigan o'yinlarga Kuper jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Turkiya bilan bo'lgan o'yinda mag'lubiyatga uchraganimizdan so'ng, murabbiy bizga tezroq o'zimizga kelishimizni va o'yinni unutishimizni aytdi. Bizning bosh maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish. SHuning uchun biz ruhan sinib qolmaslikka harakat qildik va yaxshi tayyorgarlik ko'rdik deya olaman. Yana bir jihat, bu FIFA kunlari edi va bu reytingimizga tasir etmay qolmasdi.

- Ikkinchi taymda Suriya ko'proq o'yinni nazorat qildi. SHunga munosabatingiz?

- Ikkinchi taymga keladigan bo'lsak, bizga orqada, yani mudofaada xato qilmaslik va gol qo'yib yubormaslik vazifasi qo'yilgan edi. SHuning uchun, biz himoyachilar ko'proq himoyalandik va intizomli o'yin namoyish etdik. Hisobni ushlab qolmoqchi edik va yakunda bunga erishdik ham.


Alisher Ostonov yozib oldi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика