David Vilya: "Messi har qanday poziciyada yaxshi o'ynaydi"
27 fev 2020 10:37
Yangiliklar
David Vilya: "Messi har qanday poziciyada yaxshi o'ynaydi"
"Barselona" sobiq hujumchisi David Vilya kataloniyaliklar sardori Lionel Messini maqtadi.
"Agar mendan uning maydondagi eng yaxshi poziciyasi qaysi ekanligini so'rasangiz, buni bilmayman.
Leo baland bo'yli yigit emas, lekin bosh bilan gol ura oladi - u hamma narsada yaxshi.
Bazan biz Messi o'ng oyoqda unchalik yaxshi to'p tepolmaydi deb o'ylardik, keyin u aynan o'ng oyog'i bilan dahshatli gollarni ura boshladi. U har qanday poziciyada yaxshi. O'ylaymanki, u darvozabon bo'lganida ham muvaffaqiyatli o'ynagan bo'lardi" - deydi Vilya.
Messi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi, argentinalik ushbu ko'rsatkich bo'yicha La Ligada peshqadamlik qilmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar