So’nggi yangiliklar

14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  3 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  1 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  14 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  16 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  11 11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  4 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  4 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  37 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  7 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  19 09:30Равшан Мухадов: “Турнирда кучсиз жамоа йўқ”  5 09:02Максим Шацких: “Рақибни ҳурмат қиламиз, лекин қўрқмаймиз. Бу ерга дуранг учун келганимиз йўқ, ғалаба учун ўйнаймиз”  9 08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  5

Coca Cola Superligasi. "Qo'qon-1912" "Nasaf" bilan o'yinda o'z maydonida ilk bor ochko yo'qotdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Qo'qon-1912" "Nasaf" bilan o'yinda o'z maydonida ilk bor ochko yo'qotdi

Coca Cola Superligasining 9-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


"Qo'qon-1912" bu mavsum o'z maydonidagi 5ta o'yinning barchasida g'alabaga erishgan edi.

90+5. Uchrashuv yakunlandi. "Qo'qon-1912" - "Nasaf" 2:2. 

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shildi

85. O'zgarishlar. "Qo'qon-1912". Quvondiq Ro'ziev va Suhrob Berdievlar o'rniga Muhammadanas Hasanov hamda Xamidillo Abduxamidovlar maydonga tushishdi

85. GOOOOOOOOOOOOOOL! Xolmuhammedovning to'p uzatishidan keyin Boburjon Akbarov ikkinchi golini urdi, bu vaziyatda darvozabon xatoga yo'l qo'ydi - 2:2

84. GOOOOOOOOOOOOOOL! Oybek Bozorov himoyachilarning xatosidan keyin jarima maydoni ichidan gol urdi - 1:2

82. O'zgarishlar. "Nasaf". Jo'rabek Mannonov va Marko Stanoevichlar o'rniga Dilshod Saitov va Xaris Dilaver maydonga tushdi

76. Sardor Azimovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytarib qoldi

72. ZARBAAAA! Muzaffar Muzaffarovdan ajoyib zarba bir necha santimetr aniqlik etishmadi

67. Mezbonlar gol urishdi, ammo Rayevacning goli inboatga olinmadi, u o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi

66. "Nasaf"da Mashhurjon Muhammadjonov o'rniga Abduvohid Nematov tushdi

66. "Qo'qon-1912"da SHohnazar Norbekov o'rniga Muzaffar Muzaffarov

64. "Nasaf"da Islom Kenjaboev o'rniga Bobir Abduholiqov maydonga tushdi

64. ZARBAAAAAAAA! Marko Stanoevichning zarbasidan keyin Abdullaev ajoyib seyv namoyish etdi! 

62. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Boburjon Akbarov 1:1. Avvaliga Berdievning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Boburjon darvozaga "mixlab" qo'ydi

60. Qarshi hujumda mehmonlar yaxshi vaziyatga ega bo'lishlari mumkin edi. Oybek Rustamov alo bahoga o'yin namoyish qildi

59. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Yakuba Bambaning o'rniga Filip Rayevac maydonga tushdi

55. Takidlash lozimki bugun SHarof Muhitdinov o'zining tug'ilgan kunini nishonlamoqda. O'zidan o'ziga sovg'a)

54. GOOOOOOOOOOOOOOOL! SHarof Muhiddinov olis masofadan kuchli va aniq zarba yo'llab hisobni ochdi - 0:1. 

49. Berdiev - Merzlyakov kombinaciyasi omadsiz yakunlandi

47. Mezbonlarda jarima to'pi, Xolmuhammedovning zarbasi yuqoridan ketdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

42. ZARBA! SHarof Muhiddinovning zarbasi biroz noaniq bo'ldi

39. Iqbol Malikjonovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi biroz noaniq bo'ldi

33. Futbolchilar maydonning har bir qarichi uchun jon jahdlari bilan kurashmoqdalar

29. ZARBAAAA! Xolmuhammedovning burchak yo'llagan zarbasi darvozaga kirib ketayotgan edi. Darvozabon qiyinchilik bilan qaytarib qoldi

26. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Suhrob Berdiev

26. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912". Murod Xolmuhammedov

23. UXXX! Umar Eshmurodovning darvozaga yo'llagan zarbasini Murod Xolmuhammedov qaytarib yubordi 

14. Burchak to'pidan keyin Bobur Akbarovning zarbasi salgina noaniq chiqdi

12. Bugungi bahsni "Qo'qon-1912" hujumchisi Otabek Haydarov hamda himoyachisi Ivan Yosovich jarohatlari bois o'tkazib yubormoqdalar

10. ZARBA! Bambaning bosh bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi

7. ZARBA! Xolmuhammedovning zarbasini Muhammadjonov mushti bilan urib yubordi. Takroriy zarbada ham darvozabon to'pga egalik qildi.

6. Ogohlantirish. "Nasaf". Akmal Mozgovoy

3. ZARBA! Oybek Bozorovning zarbasidan keyin to'pni Abdullaev qaytardi!

2. Mehmonlar standart vaziyatdan foydalana olishmadi.

1. Uchrashuv boshlandi! 



Coca Cola Superliga. 9-tur
14 iyul, seshanba
19:00 - QO'QON-1912 – NASAF 2:2
Hakamlar:
Vadim Agishev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Gollar: SHarof Muhitdinov 54, - 0:1. Boburjon Akbarov 62, - 1:1. Oybek Bozorov 84, - 1:2.

“Qo'qon-1912”: 21.Muzaffar Abdullaev, 3.Bobur Akbarov, 7.SHohnazar Norbekov (17.Muzaffar Muzaffarov, 66), 9.Suhrob Berdiev (19.Xamidullo Abduhamidov, 85), 10.Quvondiq Ro'ziev (22.Muhammadanas Hasanov, 85), 13.Sardor Azimov, 15.Oybek Rustamov, 20.Iqbol Malikjonov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 70.Murod Xolmuhammedov, 91.Yakuba Bamba (69.Filipp Raevac, 59).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 4.Sobit Sindarov, 5.Jasurbek Yoqubov, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 99.Bek Abdullaev.

"Nasaf": 21.Mashhur Muhammadjonov (35. Abduvohid Nematov, 66), 5.G'olib G'aybullaev, 14.SHarof Muhitdinov, 15.Jo'rabek Mannonov (8.Dilshod Saitov, 82), 19.Husain Norchaev, 20.Islom Kenjaboev (10.Bobir Abdixoliqov, 64), 22.Akmal Mozgovoy, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (9.Xaris Dilaver, 82), 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 4.Husniddin Aliqulov, 7.Dilshod Rahmatullaev, 18.Javohir Esonqulov, 50.SHoxmalik Komilov, 70.Abubakrizo Turdaliev. 

Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy 6, Suhrob Berdiev 26, Murod Xolmuhammedov 26,


Qo’qon-1912

Boburjon Akbarov - 62', Boburjon Akbarov - 85'

Superliga. 9-tur

14/07/2020, 19:00

2
:
2
Tugadi

Nasaf

Sharof Muhitdinov - 54', Oybek Bozorov - 84'

45'
90'
26'  Suhrob Berdiyev
26'  Murod Xolmuhamedov
59'  YAkuba Bamba (Filip Rayevac)
62'  Boburjon Akbarov
66'  Shohnazar Norbekov (Muzaffar Muzaffarov)
85'  Boburjon Akbarov
85'  Murod Xolmuhamedov
86'  Quvondiq Ro'ziev (Muhammadanas Hasanov)
86'  Suhrob Berdiyev (Hamidullo Abduhamidov)
6'  Akmal Mozgovoy
54'  Sharof Muhitdinov
64'  Islom Kenzhaboev (Bobir Abdixoliqov)
66'  Mashhurzhon Muhammadzhonov (Abduvohid Nematov)
82'  ZHo'rabek Mannonov (Dilshod Saitov)
82'  Marko Stanoevich (Xaris Dilaver)
84'  Oybek Bozorov


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика