Maksim Shackix: “Raqibni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz. Bu erga durang uchun kelganimiz yo'q, g'alaba uchun o'ynaymiz”
17 sen 09:02
Yangiliklar


Maksim Shackix: “Raqibni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz. Bu erga durang uchun kelganimiz yo'q, g'alaba uchun o'ynaymiz”
Unda dastlab "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shackix hamda darvozabon Erjan Tokotaev ishtirok etishdi.
- Savolim Erjan Tokotaevga. Siz yaqinda Qirg'iziston terma jamoasi safida CAFA musobaqasida qatnashdingiz va jarohat oldingiz. Holatingiz qanday? Ertangi uchrashuvga tayyormisiz?
- Birinchi navbatda qayg'urganingiz uchun rahmat. Jarohatdan so'ng davolanib oldim. Hozirgi paytda bahsga tayyorman.
- Savol Erjan Tokotaevga. Siz u erda Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o'ynadingiz. Raqibni o'ziga yarasha bildingiz. Shunday ekan, uchrashuvdan avval qandaydir bosim yo'qmi?
- Hech qanday bosim yo'q. Albatta, qiziqarli jamoa, o'zining kuchli tomonlari bor. Xalqaro katta tajribaga ega jamoa. Shuning uchun bizni qiziqarli bahs kutyapti. Raqibni hurmat qilamiz, lekin qo'rqmaymiz.
- Savol Maksim Shackixga. Siz ilgari “Paxtakor” bilan turkman jamoalariga qarshi ishtirok etgansiz va o'zaro o'yinlarda tajribangiz bor. Masalan, durang bo'lgandi. "Arkadag" yangi tashkil etilgan jamoa. OFK “Chaqiriq Kubogi”ni ham yutdi. Bu klubni kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rgandingizmi?
- Birinchi navbatda hammaga xayrli kech. Biz jamoa xaqida maksimal malumot olishga erishdik. CAFA turniri orqali hamma o'yinlarini tahlil qildik. Jamoani o'tgan yilgi “Chaqiriq Kubogi”dagi yarim final va final o'yinlarini ko'rib chiqdik. Bizda tahlil qilish uchun etarli vaqt bo'ldi. Guruhdagi birinchi o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga biz Turkmaniston terma jamoasiga qarshi o'ynashimizni tushinib turibmiz. Termaning 99 foiz o'yinchilari “Arkadag” jamoasi o'yinchilari sanaladi. Biz bu o'yinga jiddiy tayyorlandik. Aksiga olib biz bu turnirda yangimiz. O'ylaymanki, ertaga qiziqarli va jiddiy o'yin bo'ladi. Tezkor va tartibli o'yin namoyish etamiz, deb umid qilaman. Asosiysi, natija. Biz bu erga durang uchun kelganimiz yo'q, tabiiyki, g'alaba uchun o'ynaymiz.
- Maksim Aleksandrovich, jamoangizning hozirgi holati qanday?
- Hammasi yaxshi. Parvozimiz ham yaxshi bo'ldi. O'yinga qilgan rejamizni amalga oshiramiz, albatta.
- “Andijon” OCHL 2 da yangi jamoa. “Arkadag” ham debyutini o'tkazadi. Guruhdagi jamoalarning imkoniyati haqida nima deya olasiz?
- O'ylaymanki, to'rtala jamoaning vazifasi guruhdan chiqish. Hech kim buni yashirmaydi. Bizda ham shu maqsad. Ertagalik o'yin orqali maqsad sari oldinga boramiz.
- Eshitishimizcha, “Andijon” tarkib masalasidagi ishlarini hali to'liq yakunlamagan va tarkib kuchaytirilishi kutilmoqda ekan...
- Rejamiz bor, hali hech narsa ayta olmayman. Lekin hozir ham izlanishdamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar