So’nggi yangiliklar

20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  0 20:16Виктор Фонт: "Лапорта кўп гапиради, лекин кам иш қилади. Мен қайтсам, Мессини клуб билан боғлайман"  5 19:41Исак Швецияда 2025 йилнинг энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 18:59Футзал. Ўзбекистон Россияга қарши ўйинда даҳшатли камбэк қайд этиб, ғалабага эришди  12 18:47Азиз Амонов — "Динамо" футболчиси  12 18:25"Арсенал" мухлислари учун хушхабар  0 17:39"Насаф": Шароф Муҳитдинов билан шартнома узайтирилди  1 16:46Филипе Луис Европа клубини бошқармоқчи  7 16:06"Ливерпул" Бразилиянинг ёш иқтидорларидан бирини нишонга олди  1 14:5241 ёшли Тьяго Силва эркин агентга айланди  1 13:58Рауф Инилеев: "Мундиал арафасида ҳеч ким жароҳат олмаслиги муҳим, чунки захирамизда бошқа Шомуродов, Юсупов ва Ҳусанов йўқ"  16 13:55Пауло Дибала энди "Рома"га керак эмас  4 13:22“Рома” Мадрид клуби ўйинчисини қишда ўзига жалб қилмоқчи  0 13:02TVCOM'да бугунги тақвим: OCTAGON 83 жанглари ва бошқалар  0

"Al Ahli" bosh murabbiyi: Birinchi bo'limda yaxshi o'ynashimizga to'sqinlik qilgan sabablar ko'p" Yangiliklar

"Al Ahli" bosh murabbiyi: Birinchi bo'limda yaxshi o'ynashimizga to'sqinlik qilgan sabablar ko'p"

Elit OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Ahli" – "Nasaf" uchrashuvi yakunidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mattias Yayssle va uchrashuvda dubl qayd etgan Enzo Miyo matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Juda qiyin o'yin bo'ldi. Chunki birinchi bo'limda biz maydonda emas edik. Ikki marta biz hech qanday sababsiz, shunchaki o'z xatolarimiz tufayli gol o'tkazib yubordik. Shuning uchun, tanaffusda ikkinchi bo'lim uchun boshqacha o'yin ko'rsatishimizni aytdim.

45 daqiqa davomida bazi kichik o'zgarishlar kiritdik va keyin jamoaning yana qanday birlashib, harakat qilayotganini ko'rish juda ajoyib bo'ldi. Buni stadionda muxlislar bilan birga his qildik. Aytishim kerak, bu menga juda yoqdi. Ikkinchi bo'limda namoyish etgan o'yinimiz bilan g'alaba qozonishga to'liq haqli edik",- dedi bosh murabbiy


Enzo Miyo: Birinchi bo'lim biz uchun qiyin o'tdi, ammo tanaffusda kiyim almashtirish xonasida ko'p gaplashdik. Maydonga boshqacha fikr bilan qaytishimiz, jarima maydoniga ko'proq hujum qilishimiz, ko'proq yugurishimiz va sifatliroq o'ynashimiz kerakligini kelishib oldik. Maydonda esa buni uddalay oldik va g'alaba qozondik.

Birinchi bo'limda o'yinimizda ritmni topa olmaganimizning sabablari ko'p. Biz aytib o'tganimizdek, raqib shunday himoyalanayotganda o'yinda to'p tezligi yuqori bo'lishi, bir tomondan ikkinchisiga tez o'tishi kerak. Bundan tashqari, raqibning so'nggi chizig'ini yorib o'tish kerak edi. Ikkinchi bo'limda bu ancha yaxshilandi va muxlislar bilan birgalikda haqiqiy kuchli o'yin ko'rsatdik, bu esa o'z natijasini berdi.

Jamoaning birinchi bo'limda yomon o'ynashiga nima sabab bo'ldi?

Birinchi bo'limda yaxshi o'ynashimizga to'sqinlik qilgan sabablar ko'p. Biz tez o'ynash va to'pni bir tomondan ikkinchi tomonga o'tkazish muhimligini bilardik, ammo buni uddalay olmadik. Bu biz uchun juda muhim saboq bo'ldi.

Bizda yaxshi jamoa bor. O'yinlardan tegishli xulosalar chiqarishimiz kerak. Ishonchim komilki, keyingi o'yinlarda bundan-da yaxshiroq o'ynaymiz.

Albatta, murabbiy sifatida doimo keng ko'lamda fikrlashimiz lozim. Har bir o'yinda g'alaba qozonishni xohlaymiz, bu tabiiy. Afsuski, bizda jarohat olgan o'yinchilar bor, shuning uchun bugun hech kimni tavakkal ostiga qo'yishni istamadim. Keyingi haftada ikkita juda muhim o'yin bo'lib o'tadi. Umid qilamanki asosiy tarkib futbolchilari tezroq tiklanib safga qaytib olishadi,- dedi murabbiy.

Enzo Miyo: Men bu klubda, barcha jamoadoshlarim bilan o'zimni juda baxtli his qilaman. Umid qilamanki bu mavsum ham klub uchun omadli kechadi.

Men bu jamoada o'zimni juda baxtli his qilaman va jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlashini sezaman. Bu mening maydondagi harakatlarimga ijobiy tasir o'tkazmoqda.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика