CHL pley-offida "Benfika"ga yutqazgan Mourinyu endi shu jamoani boshqaradi
17 sen 13:22
Yangiliklar


CHL pley-offida "Benfika"ga yutqazgan Mourinyu endi shu jamoani boshqaradi
Katta ehtimol tez orada Joze Mourinyu "Benfika" bosh murabbiyi sifatida elon qilinadi.
62 yoshli portugallik Lissabon klubi bilan kelishuvga erishdi, klub kecha Chempionlar ligasi 1-turida "Qarabax"ga (2:3) mag'lub bo'lganidan so'ng Brunu Lajeni ishdan bo'shatdi.
CNN Portugal malumotlariga ko'ra, Mourinyu bilan "Benfika"ning muzokaralari yakuniy bosqichda.
Ahamiyatlisi shuki, avgust oxirida "Fenerbaxche" Chempionlar ligasi pley-off raundida "Benfika"ga (0:0, 0:1) mag'lub bo'lganidan keyin Mourinyuni ishdan bo'shatgan edi.
Bundan avval Joze "Benfika"ni – 2000 yil sentyabrdan dekabrgacha – boshqargan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar