"Paxtakor" – "Neftchi" va boshqa uchrashuvlardagi xatolar. Superliganing 21-turida hakamlik tahlili
17 sen 10:11
Yangiliklar


"Paxtakor" – "Neftchi" va boshqa uchrashuvlardagi xatolar. Superliganing 21-turida hakamlik tahlili
✅ "Mashal" - "Sho'rtan"
Mutlaqo normal sportga xos kurash sodir bo'lgan. "Mashal" jamoasi o'yinchisi "elkama-elka" usulida o'ynayapti, to'p o'yin masofasida turibdi. Bizning fikrimizcha, hakam o'yinni davom ettirishga qaror qilib, to'g'ri yo'l tutdi.
✅❌ "Mashal" - "Sho'rtan"
Maydon markazidagi ikki o'yinchi o'rtasidagi to'qnashuv butunlay o'yin doirasida: ikkala o'yinchi ham to'pga qaragan, ularning yo'nalishlari kesishdi, ammo hech kim qoidani buzmadi. Jarima maydonida esa, bizning fikrimizcha, hakam "Mashal" darvozasiga penalti belgilab xato qilgan. Darvozabon to'pga o'ynadi, so'ngra hujumchi bilan engil va muqarrar to'qnashuv yuz berdi. Ushbu holat bo'yicha xulosamiz – o'yinni davom ettirish kerak edi.
✅ "Mashal" - "Sho'rtan"
"Sho'rtan" o'yinchisi to'pga birinchi etib bordi. U darvozaga zarba berganidan so'ng (yani harakatni to'liq tugatganidan keyin), darvozabon uning boshiga engil tegib o'tdi. Bu vaziyatda qo'pol o'yin haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas, shuning uchun hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi deb hisoblaymiz.
✅ "Mashal" - "Sho'rtan"
Bizningcha, hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi. "Mashal" jamoasi futbolchisi etiborini to'pga qaratgan edi, shundan so'ng to'p uning qo'liga tegib ketdi. Bu holat qoidabuzarlik hisoblanmaydi.
✅ "So'g'diyona" - OKMK
Bu erda ham hakamning xatosini ko'rmayapmiz. "So'g'diyona" o'yinchisi to'pni raqibdan o'tkazmoqda, OKMK darvozaboni ikki oyoqda turib, to'qnashuvdan qochishga urinmoqda. To'qnashuv tashabbuskori hujumchi hisoblanadi. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.
❌ "So'g'diyona" - OKMK
OKMK o'yinchisi taktik xato qilib, raqibini qo'llari bilan ushlab oldi va uning harakatlanishiga jiddiy to'sqinlik qildi. Fikrimizcha, hakam bu vaziyatda jarima zarbasi belgilamasdan xatoga yo'l qo'ydi. VAR tizimi holatga aralashib, bosh hakamni monitor oldiga taklif qilishi lozim edi.
P.S. Ushbu epizoddan so'ng OKMK tezda hujum uyushtirib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Gol bekor qilinishi kerak edi.
❌ "Navbahor" - "Surxon"
"Navbahor" himoyachisi to'pga qo'l bilan o'ynamoqda. Qo'l tanani g'ayritabiiy tarzda kengaytirgan va tanadan uzoqda turibdi. Bizning fikrimizcha, video yordamchi bosh hakamni takroriy vaziyatni ko'rib chiqish uchun taklif etishi lozim edi. To'g'ri qaror – intizomiy choralar qo'llamasdan penalti belgilash.
✅ "Paxtakor" - "Neftchi"
Dastlab hakam "Paxtakor" o'yinchisining qo'pol va tajovuzkor xatti-harakatini qayd etmay, xatoga yo'l qo'ydi. U raqibining yuziga tirsagi bilan zarba bergan edi. VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi. To'g'ri qaror – jarima zarbasi va qizil kartochka.
✅ "Paxtakor" - "Neftchi"
Bu erda ham, bizning fikrimizcha, hakam xatoga yo'l qo'ydi. "Neftchi" himoyachisi to'pga o'ynamasdan, oyoq qo'yib, raqibini yiqitdi. VAR yana to'g'ri aralashib, hakamni videotakrorni ko'rishga taklif etdi. Penalti to'g'ri belgilandi.
✅ "Paxtakor" - "Neftchi"
Hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi. "Paxtakor" himoyachisining qo'li tanani g'ayritabiiy kattalashtirmadi, balki tanaga yaqin joylashgandi. Agar qo'l bo'lmaganida, to'p himoyachining tanasiga tekkan bo'lar edi.
❌ "Paxtakor" - "Neftchi"
"Neftchi" o'yinchisi qo'li bilan raqibning yuziga urib, ehtiyotsiz ravishda qo'pol xato qildi. To'g'ri qaror – jarima zarbasi va sariq kartochka.
❌ "Paxtakor" - "Neftchi"
Hakam "Neftchi" o'yinchisiga qo'pol harakati uchun sariq kartochka ko'rsatmagani xato bo'ldi. U yakkama-yakka kurashga kirishayotganda, ehtimoliy oqibatlarni hisobga olmay, darvozabonga xavfli tarzda hujum qildi. To'g'ri qaror jarima zarbasi bilan birga sariq kartochka ko'rsatish edi.
✅ "Qo'qon-1912" - "Qizilqum"
Hakam "Qizilqum" darvozasiga penalti belgilashda to'g'ri qaror qabul qildi. Himoyachining qo'li tabiiy bo'lmagan tarzda tana maydonini kengaytirgan, qo'lning to'p tomon harakati ham kuzatilgan.
✅ "Qo'qon-1912" - "Qizilqum"
"Qizilqum" futbolchisi to'pga o'ynashga urinmasdan, ataylab raqibning orqasidan oyog'ining himoyasiz qismiga zarba berdi. Uning harakatlarini tajovuzkor deb baholash mumkin. Bunday vaziyatlar jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bizning fikrimizcha, hakam qizil kartochka o'rniga sariq kartochka ko'rsatib, xato qildi. VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi.
✅ "Bunyodkor" - "Xorazm"
Darvozabon to'pga o'ynamay, ehtiyotsizlik bilan raqibning yuziga qo'li bilan urib yubordi. Bizning fikrimizcha, to'g'ri qaror – penalti belgilash va darvozabonga sariq kartochka ko'rsatish. VAR to'g'ri aralashadi.
Shu tariqa, Superliganing 21-tur o'yinlarida hakamlar 6 ta xatoga yo'l qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar