Nasri "Real"ning ikkinchi penaltisi haqida: "Men bu yerda 11 metrlik jarima to'pini ko'rmayapman. Agar hakam Karvaxalning qizil kartochkasini qoplash uchun buni bergan bo'lsa, unda qizil kartochka ko'rsatishning keragi yo'q edi"

Aslanov Jasurbek
17 sen 2025, 12:12
Samir Nasri "Marsel"ga qarshi o'yinda "Real"ning ikkinchi penaltisidan norozi.

Madrid klubi Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 1-turida g'alaba qozondi (2:1). "Real"ning ikkala goli penaltidan urildi – Kilian Mbappe ikki marta jarimani golga aylantirdi.

Ikkinchi 11 metrlik jarima to'pi 79-daqiqada Fakundo Medinning qo'liga to'p tegib ketgani uchun belgilandi, u "podkat"da Vinisiusdan to'pni olishga uringan edi.

"Men bu yerda penalti ko'rmayapman. U "podkat" tashladi, to'p qo'liga tegdi – bunday holatlarda hushtak chalinmaydi. Agar hakam [Karvaxalga] qizil kartochka berib, buni qoplash uchun penalti belgilagan bo'lsa, unda qizil kartochka ko'rsatishning keragi yo'q edi.

Hakam nega penalti belgilaganini tushunish uchun uning faktlarini eshitmoqchiman", – dedi "Marsel" va "Man Siti"ning sobiq yarim himoyachisi Canal+ efirida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Foot Mercato