So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  3 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  7 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  47

CHempionlar Ligasining ilk o'yinidayoq sensaciya! Tuxelning ketishiga sabab bo'lgan "CHelsi"ning autsayderga qarshi o'yindagi mag'lubiyati Yangiliklar

CHempionlar Ligasining ilk o'yinidayoq sensaciya! Tuxelning ketishiga sabab bo'lgan "CHelsi"ning autsayderga qarshi o'yindagi mag'lubiyati

Tuxel jamoasi Zagrebda "yonib ketdi".

Uzoq kutilgan CHempionlar Ligasi qaytdi. 1-turni Zagrebning "Dinamo" va "CHelsi" jamoalari o'rtasidagi o'yin ochib berdi. Favorit yaqqol ayon edi, ammo natija maksimal darajada kutilmagan bo'ldi. Ilk o'yin — va birdan sensaciya!




"CHelsi" o'yinda tezlik bilan to'pni nazorati ostiga oldi, ammo ikkita muammo paydo bo'ldi. Birinchidan, Tomas Tuxel jamoasi vaziyatlardan foydalana olmadi. Rahim Sterling gol urishi mumkin edi, Per-Emerik Obameyang esa assist qayd etish uchun ajoyib poziciyada edi. Ammo, hech narsa o'xshamadi.



Ikkinchi muammo: "Dinamo" uchun bunday scenariy syurpriz bo'lmadi. Zagreb jon deb ikkinchi raqam bo'lib o'ynadi va kamdan-kam qarshi hujumlarga qochdi. Ilk bor to'liq oldinga chiqish golga olib keldi: Mislav Orshich maydon markazida muammosiz Uesli Fofanadan qochib ketdi va Kepa Arrisabalagani ojiz qoldirdi. Aytgancha, "CHelsi" bir hafta oldin Fofana uchun 80 mln evro to'ladi.



Gol "Dinamo"ni dadilroq qildi. Qarshi hujumlar ko'paydi, ammo asosiysi — Zagreb doim ularni zarbagacha etkazdi, ammo "CHelsi" raqib jarima maydonchasi atrofida "ovora bo'lib yurdi". Yakunda birinchi taym g'alati statistikani taqdim etdi: to'p mehmonlarda bo'ldi (66 foiz), ammo mezbonlar ko'proq va yaxshiroq tepishdi (zarbalar bo'yicha 4:3, 2:1 — aniq zarbalar).


Ikkinchi taym "CHelsi"ning uzoq kutilgan goli bilan boshlandi, ammo yana muvaffaqiyatsizlik: Ben CHiluell Obameyangga pas berishidan oldin ofsaydda edi.


→ SI "CHelsi"ning "Zagreb"ga golini bekor qildi. Ofsaydni yarim avtomatik aniqlash — ushbu CHL uchun yangilik



Londonliklarning keyingi o'yiniga ishonch qo'shilmadi. Zagreb dadil javob berdi va 56-daqiqada "CHelsi"ning ahvolini deyarli halokatli holatga keltirdi: Stefan Ristovski "pushka"ni ijro etdi, ammo Kepa to'pni darvoza ustuniga yo'naltirishga erishdi.


Taym o'rtalariga kelib "CHelsi" nihoyat "Dinamo" ustidan to'liq ustunlikni qo'lga oldi. Tuxel bir necha o'zgarishlar amalga oshirdi, hujumni yangiladi va vaziyatlar ko'paydi. Asosiy vaqt tugashiga bir necha daqiqa qolganda Rim Jeyms shtangani "poyladi".


"CHelsi" ushbu o'yinda yomon harakat qildi, ammo sensacion mag'lubiyatdan qutulish uchun baribir imkoniyatlar bor edi. Hakam asosiy vaqtga saxiylik bilan sakkiz daqiqa qo'shdi va "Dinamo"ni "qiynab qo'ydi". Mezbonlar ikki daqiqada o'z jamoasi maydonlariga kiravershda qoida buzishdi. Ikki holatda ham to'p yoniga Xakim Ziesh keldi... va bir marta ham to'pni devordan o'tkaza olmadi. Yakun — 1:0.



Ilk o'yinda autsayderdan uchralgan mag'lubiyat Tomas Tuxelning "CHelsi"dan istefoga chiqarilishiga sabab bo'ldi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика