"CHelsi" Mudrikning kelajagi borasida bir qarorga keldi
04 dek 2024 14:10
Yangiliklar
"CHelsi" Mudrikning kelajagi borasida bir qarorga keldi
Londonning "CHelsi" jamoasi ukrainalik vinger Mixaylo Mudrik bo'yicha rejalarni ishlab chiqdi.
Britaniyalik jurnalist Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, Mudrik yanvar oyida na ijaraga beriladi, na sotiladi. Uning mavsum o'rtasida "CHelsi"ni tark etishi haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Klub futbolchini qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda va uning transferi borasida variantlarni ko'rib chiqmayapti.
Oldinroq Mudrik uchun "Vest Xem", "Aston Villa" va "Marsel" jamoalari davogarlik qilayotgani xabar qilingandi.
Mudrik joriy mavsum "CHelsi" safida barcha turnirlarda 16 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mixaylo London klubiga 2023 yilning yanvarida kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar