"CHelsi" darvozaboni jarohatidan qutuldi
17 fev 2024 20:20
Yangiliklar
"CHelsi" darvozaboni jarohatidan qutuldi
"CHelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APLning 25-turi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan jarohat olgan futbolchilarning holati haqida gapirdi.
Argentinalik mutaxassis jarohati tufayli uzoq vaqtdan beri maydonga tushmagan darvozabon Robert Sanches bo'lajak o'yinda maydonga tushishi mumkinligini aytdi.
Pochettino, shuningdek, himoyachilar Malo Gyusto va Levi Koluillning "Kristal Pelas" bilan o'yinda (3:1) olgan jarohatlari jiddiy emasligini takidladi – ikki futbolchi ham "shaharliklar"ga qarshi o'yinda jamoaga yordam berishga tayyor.
Bundan tashqari, Pochettino Tiago Silva bo'lajak o'yinni o'tkazib yuborishini, ammo uning jarohati kichik ekanligini takidladi. "CHelsi" yarim himoyachisi Karni CHukvuemeka ham to'pig'idan jarohatlandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar