So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  36 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  172 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

"CHelsi" "Astana"ga qarshi o'yinda akademiya tarbiyalanuvchilariga tayanadi Yangiliklar

"CHelsi" "Astana"ga qarshi o'yinda akademiya tarbiyalanuvchilariga tayanadi

Olmaotada -17 daraja sovuqda bo'lib o'tadigan "Astana" va "CHelsi" o'rtasidagi bo'lajak Konferenciyalar Ligasi o'yinida London klubi yoshlar tarkibini maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.

"Akademiya futbolchilaridan qaysi biri jamoa bilan Olmaotaga borishi va asosiy tarkibda maydonga tushishi hozircha nomalum. Biroq klubning yangilangan tarkibiga 11 nafar futbolchi kiritilgan: Xarrison Myurrey-Kempbell, Kayden Uilson, Tayrik Jorj, Kiano Dayer, Xarrison Makmaxon, Samuel Rak-Saki, Ato Ampax, Maks Merrik, Josh Achempong, SHumayra Mxeuka va Richard Olise. Turnir boshida faqat Achempong, Dayer, Djordj, Makmaxon va Merrik ro'yxatga kiritilgan edi, ammo musobaqa davom etar ekan, klub "B" ro'yxatiga cheksiz o'yinchilarni qo'shishga ruxsat beruvchi qoidadan foydalandi. "CHelsi" ananaviy ravishda yosh istedodlarni tarbiyalash bo'yicha Angliyadagi eng yaxshi akademiyalardan biri hisoblangan "Kobxem" akademiyasidagi shogirdlariga ishonadi. SHu bilan birga, uchrashuvda ishtirok etish U-21 futbolchilarining taqvimini buzmaydi, chunki ularning navbatdagi o'yini dushanba kuni bo'lib o'tadi", – deb yozmoqda Britaniya OAV.

Eslatib o'tamiz, "Astana" – "CHelsi" uchrashuvi Olmaotadagi "Ortalik" stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv 12 dekabr kuni 20:30 da boshlanadi. O'yin kuni havo harorati -17 daraja atrofida bo'lishi kutilmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика