So’nggi yangiliklar

12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  2 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  3 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  0 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  8

Intervyu. Butsalarini mixga ilgan Murod Xolmuhammedov: "Qo'qon-1912"dan boshqa jamoada o'ynashni istamadim" Yangiliklar

Intervyu. Butsalarini mixga ilgan Murod Xolmuhammedov: "Qo'qon-1912"dan boshqa jamoada o'ynashni istamadim"

So'nggi yillarda qo'qonlik muxlislarning yoqimtoyiga aylangan futbolchi bu mavsumda hech qaysi jamoada ko'rinish bergani yo'q.

Gap Murod Xolmuhammedov haqida ketmoqda. Biz futbolchi bilan bog'landik va malumot olishga muvaffaq bo'ldik. Malumot uchun, suhbatdoshimiz yashil maydonda "Paxtakor", "So'g'diyona", "Qo'qon-1912", "Bunyodkor", "Dalian SHide" klublarining liboslarida to'p tepdi. 2008 yil O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Saudiya Arabistonidagi Osiyo chempionatida finalgacha etib bordi, keyingi yil Misrdagi U-20 Jahon chempionatida qatnashdi. Milliy terma jamoada 10dan oshiq uchrashuvda harakat qildi. 

Superliga-2023. Nesterov va Xolmuhammedov hech qaysi klubda yo'q

-  Umuman ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol, Murod Xolmuhammedov bu yil hech qaysi klubdan ro'yxatdan o'tmadi. Butsalaringizni mixga ildingizmi?

- To'g'ri, hech qaysi jamoada ko'rinish berganim yo'q. Sababi oddiy, futboldagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. 

- Futbolda qoldingizmi? Bugungi kunda nima bilan mashg'ulsiz?

- Yo'q, hozir shu bugungi kunda futbolda emasman. SHaxsiy bizneslarim bilan shug'ullanmoqdaman. 

- Qishda bir nechta klublar takliflarini rad etdingiz. Hattoki, "Qo'qon-1912" o'zida olib qolishga, murabbiylar shtabida ko'rishga ham rozi bo'lgan ekan. Bunday qarorni qabul qilishingiz haqida nima deya olasiz?

- To'g'ri, o'zim istagan klublardan yaxshi takliflar kelib tushdi. Ularga rad javobini berishimga sabab faoliyatimni to'xtatganim bo'ldi. Yana bir omil borki, "Qo'qon-1912"dan boshqa jamoada o'ynashni istaganim yo'q. Bu klubga hurmatim baland. Ulardan ham chorlov bo'ldi, futbolchi sifatida jamoani yana Superligaga qaytarish va yaxshi jamoa shakllantirish yoki jamoada murabbiylar shtabida ish boshlab vazifani birgalikda bajarish taklifi bilan chiqishdi. 

- Baribir futbolchilikni tugatish bosqichiga kelayotganda rejalar bo'ladi, murabbiy bo'lib davom ettirish yoki biron futbol sohada ishlash. Kelajagingiz haqida avvaldan rejangiz bormidi?

- Hali beri futbolchilik faoliyatimni tugatish niyatim yo'q edi. Afsuski, shunday qaror qabul qilishga majbur bo'ldim. Buning 2-3ta sabablari bor edi, deya olaman. Yuqorida aytganimdek birinchisi Qo'qondan o'zga klubda o'ynamaslik bo'lsa, ikkinchisi faoliyatimni barqaror davom ettirishim uchun jarrohlik amaliyotini o'tkazishim kerakligi. Ammo o'zimda futboldan so'ng murabbiy bo'lib ishlash rejasi bo'lmagan. Qolaversa, murabbiylikka qiziqishim yo'q. Rejam o'zimning tadbirkorlik faoliyatimni davom ettirish. SHu bilan birga yaqin yillarda Qo'qon jamoasi shtabi bilan birgalikda bo'lish rejasi ham yo'q emasdi. 

- "Qo'qon-1912"ning Superligadan tushib ketishi, bu Qo'qonga katta signalmi? Umuman chempionatimizning bugungi saviyasi oshdi desak nimaning hisobiga oshdi, tushgan desak bu nimaning evaziga?

- Men bu holatni tasodif va omadsizlik bilan o'lchagan bo'lardim. "Qo'qon-1912" Superligadan tushib ketishga loyiq emasdi. Biroq bandasining emas, xudoning aytgani bo'lar ekan. Biz borimizni berib oxirigacha kurashdik. Afsus uddalay olmadik. CHempionatimizni kuchaydi yoki kuchsizlandi, deya olmayman. Sababi baribir sekin-asta oldinga intilish bo'lmoqda. Natijasi ham yaxshi tomonga o'zgarishi kerak. 

- Jarima zarbalari, penaltilar ijrochisi sifatida tanilgansiz. Superligada o'zingizga o'xshagan futbolchini ko'ryapsizmi? 

- O'zimni unday, deb o'ylamagan bo'lardim. Superligada standartlar bo'yicha kuchli futbolchilar ko'p. 

- Murod Xolmuhammedov kecha va bugun, yillar o'tishi natijasida o'zingizda nima o'zgardi?

- Nimanidir aniq ko'rsata olmayman. Yoshingiz ulg'ayib borgani sari har bir inson o'zgarib boraverar ekan. 

- Futbolda o'zingizni cho'qqingiz sifatida qaysi davringizni ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Albatta o'ylab o'tirmasdan Qo'qonda o'tkazgan faoliyatimni aytaman. 

- Sizni yanada oldingi siljishingizga, deylik o'sha pallada Osiyo chempionatidan keyin o'sishga erishishingizga kim yoki nima oyog'ingizga bolta urgan?

- Birinchi galda o'zimni aybdor, deb hisoblayman. U vaqtlar yosh edim. Futbol men uchun xobbiy, 2-darajali bo'lgan. Har bir inson hayotida yaxshilikka ham, yomonlikka ham o'zini sababchi, deb bilishi kerak. 

- Futbolda armon yoki ushalmagan orzuingiz bormi?

- Armon yoki ushalmagan orzuim qolmadi. Osiyo chempionatida ikkinchi o'rinni oldim, Jahon chempionatida o'ynaganman. O'zbekiston chempioni va kubok sohibiman. Faqatgina shuncha yil "Qo'qon-1912"da to'p tepib, sovrindorlar qatoriga kira olmaganim afsus bo'lib qoldi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика