"Bunyodkor"ning uchta jamoasi Xorvatiyadagi xalqaro musobaqada ishtirokini boshladi
03 iyu 2022 11:16
Yangiliklar
"Bunyodkor"ning uchta jamoasi Xorvatiyadagi xalqaro musobaqada ishtirokini boshladi
“Dalmatinko cup” xalqaro musobaqasida birinchi kun uchrashuvlari yakunida etdi. Dastlab G'ulom Halimtoev murabbiyligidagi "Bunyodkor-2011" mahalliy "Omladinac"ga qarshi maydonga chiqib 10:0 hisobida g'alaba qozondi. So'ng klubning ikki jamoasi bir vaqtda jiddiy raqiblarga to'qnash keldi. Miraziz Mirzaahmedov murabbiyligidagi "Bunyodkor-2008" Sloveniyadan tashrif buyurgan "Iliriya" bilan kuch sinashib nursiz durangga imzo chekka bo'lsa, Alisher Ibrohimov ustozligidagi "Bunyodkor-2009" mezbonlarning "Yadran"iga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birinchi bo'lim avvalida o'tkazib yuborilgan ikkita gol o'yin taqdirini hal qildi. Vaholanki, klub tarbiyalanuvchilari gol o'tkazib yuborilgach katta ustunlikka ega bo'ldi, biroq vaziyatlardan foydalana olmaslik yakunda pand berdi.




"DALMATINKO CUP"
“Bunyodkor-2011” – “Omladinac” - 10:0
Gollar: Mustafo Ahmatillaev, 2 - 1:0. Sunnatilla Sayilboev, 7 - 2:0. Mustafo Ahmatillaev, 9 - 3:0. Prosperich, 10-o'z darvozasiga - 4:0. Voris Qudratov, 15 - 5:0. Kamron Qahramonov, 16 - 6:0. Elshod Do'lanboev, 18 - 7:0. Abduvosit SHarofuddinov, 24 - 8:0. Farrux Botirjonov, 25 - 9:0. Farrux Botirjonov, 28 - 10:0

"Yadran" (Xorvatiya) - "Bunyodkor-2009" - 2:0
Gollar: Toni Teshiya, 2 - 1:0. Roko Eles, 10 - 2:0.
"Bunyodkor-2008" - "Iliriya" (Sloveniya) 0:0
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar