So’nggi yangiliklar

14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3

"Bunyodkor": Bolalar futboli. 2-bosqich. 7-tur Yangiliklar

"Bunyodkor": Bolalar futboli. 2-bosqich. 7-tur

Teglar :  Bunyodkor
27 sentyabr, yakshanba kuni futbol klublari tarbiyalanuvchilari o'rtasida Toshkent shahar birinchiligining navbatdagi tur bahslari o'tkazildi.

CHempionlik uchun  asosiy davogarlardan hisoblangan “Bunyodkor-A” safarda BO'SM-16 mehmoni bo'ldi. “Bunyodkor-B” esa o'z maydonida SMI-1ni qabul qildi.

7-turdan o'rin olgan uchrashuvlardan faqatgina “Bunyodkor-B”ning 2000 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoasi bellashuvi boshqa kunga qoldirildi.

BO'SM-16 – “Bunyodkor-A”  5:0  (2005 y)   
BO'SM-16 – “Bunyodkor-A”  1:0  (2004 y)
BO'SM-16 – “Bunyodkor-A”  2:2  (2003 y)
BO'SM-16 – “Bunyodkor-A”  1:2  (2002 y)
BO'SM-16 – “Bunyodkor-A”  0:0  (2001 y)
BO'SM-16 – “Bunyodkor-A”  1:3  (2000 y)
BO'SM-16 – “Bunyodkor-A”  2:4  (1999-98 yy.)

“Bunyodkor-A” 7 uchrashuvdan 3tasida g'alaba qozondi. Ikkita durang va shuncha mag'lubiyat qayd etdi. Ushbu qarama-qarshiliklarda mezbonlar 8, “qaldirg'ochlar” 11 ochko ishlashdi. To'plar farqi – 12:9, BO'SM-16 foydasiga.

“Bunyodkor-B” – SMI-1  1:0  (2005 y)
“Bunyodkor-B” – SMI-1  8:0  (2004 y)
“Bunyodkor-B” – SMI-1  4:0  (2003 y)
“Bunyodkor-B” – SMI-1  1:0  (2002 y)
“Bunyodkor-B” – SMI-1  1:0  (2001 y)
“Bunyodkor-B” – SMI-1  2:1  (1999-98 yy.)

7-turda “Bunyodkor-B”ning barcha yosh toifasidagi jamoalari zafar quchishdi. Etiborga molik tomoni sport maktabi internatining faqatgina 1999-98 yillarda tavallud topgan jamoasi “qaldirg'ochlar” darvozasiga bir marta gol ura oldi holos. Qolgan o'yinlarda bunyodkorchilar ishonchli harakat qilib, raqiblarini katta ustunlik bilan taslim etishdi. Ushbu qarama-qarshiliklarda mezbonlar yuz foizli natija qayd etishib, 18 ochko ishlab olishdi. To'plar farqi – 17:1, “qaldirg'ochlar” foydasiga.

SHu bilan ikkinchi bosqichning birinchi davrasi yakunlandi. 8-tur uchrashuvlari 4 noyabrda o'tkaziladi. Unda “Bunyodkor” sharafini himoya qilayotgan “A” va “B” jamoalarimiz o'zaro to'qnash kelishadi. O'yinning rasmiy mezboni “Bunyodkor-B”.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика