So’nggi yangiliklar

19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:1 (матнли трансляция)  5 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  14 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  21 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  126

“Bunyodkor-2000” SHimoliy Koreyadagi xalqaro musobaqada Yangiliklar

“Bunyodkor-2000” SHimoliy Koreyadagi xalqaro musobaqada

Teglar :  Bunyodkor-2000
SHimoliy Koreyaning Pxenyan shahrida xalqaro turnir start olmoqda.

Xabaringiz bor, musobaqa tashkilotchilari xuddi shu turnirni bungacha Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatlarida U-15 va U-16 yosh toifasida uyushtirishgandi. Turnirdan ko'zlangan asosiy maqsad SHimoliy va Janubiy Koreya mamlakatlari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdir.

15 yoshli futbolchilar o'rtasida ikkinchi bor o'tkazilayotgan “Ari Sports Cup” turnirida “Bunyodkor” futbol maktabining 2000 yilda tavallud topgan futbolchilari ishtirok etishadi. Otabek G'ulomxo'jaev murabbiyligidagi jamoamiz ayni paytda Pxenyan shahrida bo'lib turishibdi. Takidlash joizki, “Bunyodkor-2000” ushbu turnirning amaldagi g'olibi hisoblanadi va bu safar o'smirlarimiz chempionlikni himoya qilishlari talab etiladi.

Kecha turnirning guruh bosqichiga qura tashlandi. Unga ko'ra, jamoalar to'rttadan ikkita guruhga ajratildi. Uchrashuvlar 21 avgustdan start oladi. Turnirning birinchi kunida “Bunyodkor-2000” musobaqa mezbonlari “Pxenyan” jamoasi bilan kuch sinashadi.

“A” GURUHI
1. “4.25 sport klubi” (SHimoliy Koreya)
2. “Kyongido” (Janubiy Koreya)
3. “Guanchjou” (Xitoy)
4. “Atletiko Yuventus” (Braziliya)

“V” GURUHI
1. “Bunyodkor” (O'zbekiston)
2. NK OSIEK (Xorvatiya)
3. “Pxenyan” (SHimoliy Koreya)
4. “Kangvondo” (Janubiy Koreya)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика