So’nggi yangiliklar

13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  0 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  5 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  5 12:12Насри "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "Мен бу ерда 11 метрлик жарима тўпини кўрмаяпман. Агар ҳакам Карвахалнинг қизил карточкасини қоплаш учун буни берган бўлса, унда қизил карточка кўрсатишнинг кераги йўқ эди"  8 11:56Осиё кубоги-2026 саралаш баҳслари бошланмоқда  1 10:55Моуринью мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  3 10:42ОЧЛ-2. "Андижон"нинг рақибида жамоани ким бошқаради?  4 10:26"Атлетик" бош мураббийи: "Агар "Арсенал" Ла Лигада ўйнаганида, қаторасига 10 марта чемпион бўларди"  17 10:11"Пахтакор" – "Нефтчи" ва бошқа учрашувлардаги хатолар. Суперлиганинг 21-турида ҳакамлик таҳлили  4 09:58Аморимнинг хайдалиши "Манчестер Юнайтед"га қанчага тушиши ҳисоблаб чиқилди  17 09:30Равшан Мухадов: “Турнирда кучсиз жамоа йўқ”  4 09:02Максим Шацких: “Рақибни ҳурмат қиламиз, лекин қўрқмаймиз. Бу ерга дуранг учун келганимиз йўқ, ғалаба учун ўйнаймиз”  8 08:35Мессининг ажойиб ҳаратлари "Интер Майами"га ғалаба тақдим этди  5 08:09ОЧЛ 2. "Андижон" мусобақадаги ўз "юриши"ни бошлайди  26 08:02Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" мусобақани ғалаба билан бошлади  2

Bugun futbol. "Paxtakor" - AGMK Yangiliklar

Bugun futbol. "Paxtakor" - AGMK

Bugun Coca Cola Superligasida 9-tur uchrashuvlari davom etadi.

Toshkentda turnir jadvali peshqadamlari o'zaro bahs olib boradi. "Paxtakor" - AGMK. Bu o'yin oldidan ko'p gapirilyapti. Buni Arveladze - Qosimov qarama-qarshiligi desa ham bo'ladi. Gruzin va o'zbek futbolining yorqin namoyondalari bosh murabbiy sifatida o'z jamoalarini boshlab tushishadi. 

"Paxtakor" turnir jadvalida 21 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. To'plar nisbati 22-4. AGMK hisobida 20 ochko bor va bu jamoa ikkinchi o'rinni egallab turibdi. To'plar nisbati 11-4. 

Bir qarashda AGMK kam gol urayotgandek, lekin mustahkam himoyalana olyapti. SHu bois AGMK "Paxtakor" bilan eng kam to'p o'tkazib yuborgan jamoa bo'lib turibdi. Yana bir malumot shuki, AGMK hali mag'lubiyatga uchramagan. 

"Paxtakor" oxirgi 4 turda qatorasiga g'alaba qozondi. SHota Arveladze shogirdlari ketma-ket "Bunyodkor", "Qizilqum", "Surxon" va "Mashal" ustidan zafar quchishdi. Mana shu o'yinlarda "Paxtakor" 13ta gol urib, o'z darvozasidan faqat bitta to'p o'tkazib yubordi. U ham bo'lsa penaltidan. 

Mavsumni ketma-ket ikkita durang bilan boshlagan AGMK shundan beri faqat g'alaba qozonib kelmoqda. Mirjalol Qosimov shogirdlari navbati bilan "Bunyodkor", "Qizilqum", "Surxon", "Mashal", "Nasaf" va "Qo'qon-1912" jamoalaridan ustun kelishdi. Jamoa yutgan o'yinlarda 9ta gol urib, o'z darvozasidan 2 bor to'p o'tkazdi. 

Bugungi o'yinda imkoniyatlarni qanday baholash mumkin? Albatta, "Paxtakor" tarkib va o'yin jihatdan kuchliroq, lekin olmaliqliklar ham qarab turmasa kerak. Har holda Mirjalol Qosimov natija uchun o'ynashni juda yaxshi biladi.

Agar AGMK g'alaba qozona olsa, bu chinakam sensaciya bo'ladi. Negaki "konchilar" shu paytgacha Toshkentda faqat bir marta (2013 yil) "Paxtakor"ni mag'lub etishgan.

P.S. Soat 20:00da boshlanadigan uchrashuvni "Sport" TVda to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Paxtakor

Igor Sergeyev - 71', Dostonbek Hamdamov - 74'

Superliga. 9-tur

13/07/2020, 20:00

2
:
2
Tugadi

OKMK

Arslanmirat Amanov - 33', Yovan ZHokich - 53'

Bosh hakam: SHerzod Qosimov

45'
90'
26'  Egor Krimets (Sherzod A’zamov)
46'  Sardor Sobirxo’jayev (Abror Ismoilov)
60'  Eren Derdiyok (Igor Sergeyev)
71'  Igor Sergeyev
71'  Odiljon Hamrobekov
74'  Dostonbek Hamdamov
74'  Odiljon Hamrobekov
89'  Jaloliddin Masharipov
89'  Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov)
89'  Xozhiakbar Alizhonov (Akrom Komilov)
33'  Arslanmirat Amanov
33'  Xojimat Erkinov
46'  Mirjamol Qosimov (Erkin Baydullaev)
46'  Mirg’iyos Sulaymonov (Akmal Shorahmedov)
53'  Yovan ZHokich
56'  Bahrom Abdurahimov (Shahzodbek Nurmatov)
67'  Mate Vatsadze (Zafar Polvonov)
80'  Arslanmirat Amanov (Saidullo Rahmatov)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика