Buffon Donnarummaga: "Yuventus"ga o'tish hech qachon xato bo'lmaydi"
02 jan 2018 19:41
Yangiliklar
Buffon Donnarummaga: "Yuventus"ga o'tish hech qachon xato bo'lmaydi"
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon "Milan" kiperi Janluiji Donnarumma atrofida sodir bo'layotgan voqealar haqida gapirib o'tdi.
- Hech narsaga qaramay Donnarummaga "Milan"da qolishni tavsiya qilasizmi? Yoki "Yuventus"ga o'tishni?
- "Yuventus"ga o'tish hech qachon xato bo'lmaydi. Men Donnarummaga maslahat bera olmayman, chunki men uning holatida bo'lmaganman va u hissiyot va ichki ruhiyat tomonlama "Milan"ga qay darajada yaqinligini bilmayman.
Yolg'iz qolganimizda unga ikkita narsani aytishim mumkin. Terma jamoada paytimiz men bu ishni qildim, lekin eng muhimi bu qalbing nimani maslahat berayotgani, - dedi Buffon.
Fikrlar