Instagram orqali murabbiy izlayotgan Hindiston Xaviga rad javobini berdi
25 iyu 13:50
Yangiliklar


Instagram orqali murabbiy izlayotgan Hindiston Xaviga rad javobini berdi
“Barselona” sobiq ustozi Xavi Ernandes Hindiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga ariza topshirgan, biroq uning nomzodi rad etilgan.
"Times of India" xabariga ko'ra, sobiq futbolchining arizasi AIFF (Hindiston futbol federaciyasi) texnik qo'mitasi tomonidan rad etilgan. Rad etish sababi federaciya uchun mos bo'lmagan moliyaviy talab bo'lishi mumkin.
Hindiston terma jamoasidagi bo'sh o'rin uchun 170 nafar mutaxassis hujjat topshirgan. Xolid Jamil, Stiven Konstantin va Stefan Tarkovich yakuniy short-listga kirgan.
Yangi murabbiy bo'yicha qaror AIFF ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida qabul qilinadi.
Avvalroq Hindiston futbol federaciyasi terma jamoaga Instagram orqali bosh murabbiy qidirayotgani malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Dunyodagi eng kotta kuchli brend Real boʻlsa 2chisi Barsa boʻladi 3da myu qolganlari bularni yaqinigayam kelolmidi Milan liverpul bavariya msitiga xurmat saqlagan xolda aniq ayta olaman bu klublar Barsani oldida kichikroq auditoriya hisoblanadi garchi Liverpul milanlar chlni Barsadan koʻp olgan boʻlsayam mashhurlik oldida Barsadan pastda turadi shunday buyuk kuchli kotta brentagi jamoaga bildirayotgan fikring gʻalatimasmi keyin ogʻayni yoshim sendan kotta boʻlsam kk sen oʻylaganchaʼlik yoshim kichikmas lekin kamentariyalaring juda xunuk maslahatim xurmatda boʻlaver avvalo oʻzingni xurmat qil bu senga shunchaki maslahat davay ishlaringa omad sogʻ boʻl mujiki.