"Manchester Siti" va "Bavariya" Donnarumma uchun kurashga qo'shildi
17 iyu 14:15
Yangiliklar
"Manchester Siti" va "Bavariya" Donnarumma uchun kurashga qo'shildi
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummaga qiziqish bildirayotgan "Chelsi" qatoriga Evropaning yana ikki grandi – "Manchester Siti" va "Bavariya" ham kirdi.
Bu haqda nufuzli insayder Nikolo Skira X tarmog'ida xabar berdi.
Unga ko'ra, har ikki klub ham 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirish masalasi noaniq qolayotgan 26 yoshli darvozabon atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biroq hozircha na PSJ, na Donnarumma rasmiy taklif olgan.
Transfermarkt futbolchini 40 million evroga baholamoqda. Italiyalik posbon 2024/2025 yilgi mavsum 47 o'yin o'tkazib, 43 ta gol o'tkazib yuborgan va 17 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar