"Chelsi" Donnarumma transferiga qiziqmoqda
22 iyu 18:20
Yangiliklar


"Chelsi" Donnarumma transferiga qiziqmoqda
Londonning "Chelsi" klubi PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummani sotib olmoqchi va darvozabonning francuz klubi bilan muzokaralarini kuzatib bormoqda.
Bu haqda "RMC Sport" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Evropaning bir qancha top-klublari Donnarummani qo'lga kiritishni istamoqda, biroq transferga eng katta qiziqishni "Chelsi" ko'rsatmoqda.
26 yoshli italiyalikning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. So'nggi oylarda bitimni uzaytirish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. Donnarumma Parij klubida qolmoqchi, biroq tomonlar moliyaviy shartlar bo'yicha kelisha olmayapti.
Oldinroq insayder Nikolo Skira PSJ Donnarummaga maoshini qisqartirish bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni taklif qilayotgani haqida xabar bergan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar