Enrike Donnarumma haqida: "Jijjo yaxshi inson ekanini hamma biladi. Musialaga tezroq sog'ayishini tilaymiz"
09 iyu 14:45
Yangiliklar
Enrike Donnarumma haqida: "Jijjo yaxshi inson ekanini hamma biladi. Musialaga tezroq sog'ayishini tilaymiz"
Klublar jahon chempionati 1/4 finalida PSJ "Bavariya"ni (2:0) mag'lub etdi. Birinchi taymning oxirida Musiala PSJ jarima maydonida Donnarumma bilan to'qnashuvda og'ir jarohat oldi – "Bavariya" yarim himoyachisining chap oyog'i sindi. Musialada jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi.
"Menimcha, Jijjoni taniganlar uning qanday yaxshi inson ekaniligini bilishadi. Futbol – bu doimo jarohatlar, og'ir shikastlanishlar sodir bo'ladigan sport, futbol jarayonining bir qismi. Unda yomon niyatda to'pga chiqqani yo'q.
Men Musiala jamoadoshlari yoki boshqa o'yinchilarning bayonotlariga izoh berish niyatida emasman, chunki bu mening vazifamga kirmaydi. Lekin Jijjo bilan hammasi joyida. U o'sha paytda xavotirda edi. Menimcha, u allaqachon Musiala bilan bog'langan, biz barchamiz unga tezroq sog'ayishini tilaymiz", – dedi "PSJ" bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar