Donnarumma Musiala tufayli psixologga murojaat qildi
07 iyu 18:35
Yangiliklar
Donnarumma Musiala tufayli psixologga murojaat qildi
Franciyaning PSJ jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma "Bavariya"ga qarshi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati chorak final uchrashuvida psixologga muhtojlik sezdi.
Birinchi bo'lim oxirlarida Germaniya terma jamoasi vingeri Jamol Musiala italiyalik darvozabon bilan to'qnashuvda jiddiy jarohat oldi.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, tanaffus vaqtida Donnarumma klub psixologiga murojaat qilgan, chunki raqibga jarohat etkazgani uchun o'zini aybdor his qilgan.
Musialaga boldir suyagi sinishi tashxisi qo'yilgan. Yarim himoyachi shu yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi.
PSJ "Bavariya"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va 9 iyul kuni yarim finalda "Real" bilan to'qnashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar