So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Buffon - buyuk, biroq uning vaqti o'tdi Yangiliklar

Buffon - buyuk, biroq uning vaqti o'tdi

Teglar :  Janluiji Buffon
Umberto Sabuni o'qir ekanman, har doim Buffonni o'ylayman.

SHoirning eng klassik sherlaridan biri "Gol" deb nomlanadi va u gol o'tkazib yuborgan darvozabon haqida to'qilgan. Yakunda mag'lub bo'lgan darvozabon o'zini maydonning narigi tomoniga otadi. 

Bu erda esa umuman boshqa tipdagi darvozabon - mag'lub etilmas, o'tib bo'lmas va baxtli. Yakun esa - Buffondir. U har doim maydonning ikki tomonida ham g'olib bo'laveradi. Juda kam gol o'tkazadi va raqobatda mag'lub bo'lmaydi. U butun faoliyati davomida g'oliblik ruhi bilan yashadi, barchani xursand qilishga intildi.

Buffon terma bilan ikki uchrashuv o'tkazishi kerak, shulardan bittasida maydonga tushib bo'ldi. Balkim keyingi bahs uning uchun so'nggisi bo'lishi mumkindir...

Supermenning qaytishi Italiyaning o'zida ham katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Kimlardur uning bu uchrashuvlari so'nggisi bo'lishi mumkinligini va u xayrlashish uchun qaytganini taxmin qilmoqda.

Albatta, u terma jamoa bilan bir necha yillardan buyon birga, XXI asrning barcha katta turnirlarida o'ynadi, Italiyaning bir necha avlod vakillari bilan g'oliblikni nishonladi va mag'lubiyatga uchradi. Qora soqolli sardor isyonkorlikni hush ko'rmaydi, mashhur kishilar u uchun oddiy inson. Faqatgina uning ko'zlari o'zgarmagan - juda o'tkir.

1997 yilda u milliy termada debyut qilganida Jijining jamoadoshi Enriko Kezoning farzandi dunyoga kelgandi. Uning ismini Federiko deb qo'yishgandi. Hozir esa u Buffon bilan bir maydonda to'p tepmoqda. Qarang, umrni bekorga oqar daryo deb aytishmas ekan.

Jijining futboldan ketadigan vaqti keldi. Albatta, butunlay emas, uning o'rnida munosib voris bor - SHensni. Biroq u faqatgina jamoada. Ikki yildan keyin Evropaning eng katta turniri bo'ladi, o'shanda Buffon 42 yoshga kiradi. 

Bu voqelik qachondir bo'lishi kerak edi. Buyuklar ham inson, ular ham qariydi. Buffon xatosiz poziciya tanlaydi, to'pni qaytaradi, reakciya kuchli, biroq vaqt o'tgani sayin unda ham qarilik sezilib bormoqda...

Kam bo'lsa-da, muammolar bor. Jijini dunyoning eng kuchli darvozaboni ekanligiga hech qachon inkor etmaymiz. Hozir ham raqobatbardosh posbon, biroq hozirgi zamon futboliga etarlicha emas.

"Skuadra Adzurra"da Perin bor - unchalik mashhur emas, biroq o'z jamoasining ishongan tog'i. Isko Italiya termasi darvozasini ishg'ol etgan zarbalar barcha darvozabonlar uchun katta muammo edi. Biroq bunda Buffonning aybi yo'q, barcha uni Supermenga tenglashtirsa-da, hayotda mo'jiza bo'lmaydi.

Perin Buffondan kuchli emas. Biroq yomon darvozabon emas. U to'pga chiqishlarda statistikasini ancha yaxshilab olgan. U ham o'z poziciyasini to'g'ri tanlash evaziga shunday natijaga erishdi. Balkim u buni Buffondan o'rgangandir...

2020 yilga qadar Buffon yaxshi darvozabonligicha qolib ketmaydi. Faktlarga asoslanadigan bo'lsak, u o'yinlarda deyarli o'ynamayapti. Unda nima uchun termaga chaqirildi? "Skuadra Adzurra" usiz Evrolarga chiqa olmasdi. Tajriba va xarakter evaziga italiyaliklar endi 2020 yilgi Evro uchun kurashni boshlashadi.

Ammo Italiyaning o'sha o'yinlarida Buffon bo'lmaydi. Italiya uchun Jiji - g'alaba uchun so'nggi timsol. Biroq SHveciya bilan uchrashuvdan keyin u ham ko'zida yosh bilan maydonni tark etdi.

Ayni damda yoshlikni eslashning o'rni emas. Italiyaning oldida tanlov katta, "Yuventus" ham yutishni uddalaydi. Turinliklar himoyasida xatolar juda kamligi sababli Jijidan keyingi posbonga ish kamroq bo'lishi mumkin. 

Bir kun Buffon futboldan ketadi va uning ortidan millionlab insonlar yig'lashi, shubhasiz.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика