Donnarumma APL top-klublari bilan muzokaralar olib bormayapti
31 iyu 16:09
Yangiliklar


Donnarumma APL top-klublari bilan muzokaralar olib bormayapti
Italiyaning PSJ klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma chet el matbuoti uni faol ravishda kuzatayotgan Angliyaning top-klublari bilan muzokaralar o'tkazgani yo'q.
Nufuzli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, 26 yoshli italiyalik futbolchi "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari rahbariyati bilan muzokaralar olib bormayapti.
Donnarumma hali parijliklar bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgani yo'q. Italiya terma jamoasi darvozaboni 2021 yildan buyon PSJda to'p tepadi. Janluiji bungacha "Milan"da o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Janluiji Donnarumma o'tgan mavsum Parij klubi tarkibida Franciya chempionatida 24 o'yin o'tkazgan va shulardan 4 tasida darvozasidan to'p olib chiqmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar