"Chelsi" forvardi APLning boshqa klubiga o'tishga yaqin
02 avg 21:39
Yangiliklar
"Chelsi" forvardi APLning boshqa klubiga o'tishga yaqin
"Chelsi" "Byornli" bilan "ko'klar"ning 23 yoshli markaziy hujumchisi Armando Broyaning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda jurnalist Fabris Xoukins X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida malum qildi.
Manbaga ko'ra, futbolchiga "Byornli"ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat berilgan.
Broya o'tgan mavsum "Everton" safida ijara asosida o'ynadi. Hujumchi barcha turnirlarda 13 ta o'yinda maydonga tushdi va ularda gol ura olmadi. Futbolchining London klubi bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 12 mln evroni tashkil etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar