Braziliya Osiyo chempionati finalchisini ayab o'tirmadi
08 may 10:00
Yangiliklar
Braziliya Osiyo chempionati finalchisini ayab o'tirmadi
Seyshel orollarida plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati davom etmoqda.
Kecha tunda C va D guruhida ham oxirgi tur uchrashuvlari o'tkazildi va shundan so'ng barcha chorak finalchilar malum bo'ldi. C guruhida Senegal Chili ustidan 7:3 hisobida zafar quchdi. Ispaniya - Taiti bahsida esa 8:3 hisobi qayd etildi.

D guruhida Italiya El Salvador darvozasiga javobsiz 5ta to'p kiritgan bo'lsa, amaldagi jahon chempioni Braziliya Osiyo chempionati finalchisi Ummonni ayab o'tirmadi va 11:1 hisobida g'alabaga erishdi.

8 may kuni bo'lib o'tadigan chorak final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:
Belarus - Eron
Portugaliya - Yaponiya
Senegal - Italiya
Braziliya - Ispaniya
Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati finali 11 may kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar