Bobur Zuhriddinov: "Bugun bizga omad kulib boqdi"
30 sen 2016 21:51
Yangiliklar
Bobur Zuhriddinov: "Bugun bizga omad kulib boqdi"
Yoshlar Birinchiligining 24-turidan o'rin olgan "Obod" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Bobur Zuhriddinov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugungi g'alabamizning asosiy omillaridan biri - yigitlarni 90 daqiqalik uchrashuvga tayyorlay olganimiz bo'ldi. Qolaversa, bahs biz uchun omadli kechdi, deb hisoblayman. SHu bois ham, himoyada yaxshi o'ynay oladigan "Neftchi"ni mag'lubiyatga uchrata oldik. Uchrashuvdan ko'nglim to'ldi, chunki yigitlar o'z vazifasini to'liq bajardi va raqib darvozasi oldida boshqa uchrashuvlarimizga nisbatan golga tortadigan vaziyatlarni kamroq yaratgan bo'lsakda, ulardan foydalanishning uddasidan chiqdik. Eng asosiysi, bugungi bellashuvda bizga omad kulib boqdi.
"Obod" FK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar