O'zbekiston Superkubogi-2026. Chempionat va kubok g'oliblari o'rtasidagi bellashuvga “Bobur Arena” mezbonlik qiladi
08 fev 14:35
Yangiliklar
O'zbekiston Superkubogi-2026. Chempionat va kubok g'oliblari o'rtasidagi bellashuvga “Bobur Arena” mezbonlik qiladi
“Uzoq tanaffusdan keyin Superliga chempionligini qo'lga kiritgan Neftchi hamda mamlakat kubogining amaldagi g'olibi “Paxtakor” o'rtasidagi Superkubok o'yini Andijonda o'tkaziladi.
Taqvim rejaga ko'ra, Superkubok bellashuvi 15 mart kuni bo'lib o'tadi. So'nggi yillarda Liga Superkubok uchrashuvini may oyida o'tkazib kelayotgandi. Biroq mamlakat bosh jamoasi Jahon kubogida ishtirok etadigan mavsumda muxlislar uchun ahamiyatli bo'lgan super uchrashuv mart oyiga rejalashtirildi.
Superkubok o'yiniga Olmaliq yoki Namangan shahridagi stadionlar ham mezbonlik qilishi mumkin edi. Biroq “OKMK” va “Markaziy stadion”larida tamirlash ishlari davom etayotgan bo'lib, ularning qayta ish boshlash sanalari aniq emas. Shundan kelib chiqqan holda, Andijondagi “Bobur Arena” varianti eng maqbul variant deb topildi.
“Bobur Arena” ketma-ket ikkinchi mavsum katta futbol uchrashuviga mezbonlik qiladi. Bir yil muqaddam O'zbekiston kubogining final uchrashuvi tarixda ilk bor Andijonda o'tkazilgandi. Qayd etish kerakki, viloyat hozirga qadar Superkubok o'yiniga mezbonlik qilmagan va mazkur voqelik ham “Bobur Arena” uchun birinchisi hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
@unitedfamilyuz