"Paxtakor-Farm" ustozi Bobur Abdurahmonov: "Pro liga yosh futbolchilar uchun yaxshi tajriba bo'ladi"
03 mar 22:13
Yangiliklar
"Paxtakor-Farm" ustozi Bobur Abdurahmonov: "Pro liga yosh futbolchilar uchun yaxshi tajriba bo'ladi"
"Paxtakor" klubining yoshlardan iborat farm jamoasi ham liga qatnashchilari safidan joy oldi. Jamoani O'zbekistonning 2024 yildagi eng yaxshi yoshlar murabbiyi Bobur Abdurahmonov boshqarmoqda. "Paxtakor-Farm" mavsumni "FarDU"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Bobur Abdurahmonovga qura va raqib haqida dastlabki taassurotlari bilan bo'lishdi.
"Pro ligaga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Qura munosib keldi. Birinchi bellashuvni "FarDU"ga qarshi o'tkazamiz. Jamoamizni 2008-2009 yilda tug'ilgan futbolchilar tashkil qiladi. Pro ligadagi ishtirok esa ularning o'sishiga xizmat qiladi. Fikrimcha, Pro liga o'yinlari qiziqarli kechadi. Jamoalar soni 14 tani tashkil qiladi va ularning aksariyatida vazifasi bor. Biz murabbiylar uchun ham bu yaxshi maktab va tajriba bo'ladi. O'z ustimizda ishlashimiz, yanada ko'proq harakat qilishimiz lozim",- deydi Bobur Abdurahmonov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar