Bobur Yo'ldoshev: “Mavsumni yaxshi niyatlar bilan boshlaymiz, muxlislar o'tgan yilgidan ko'prog'ini kutishadi”
08 fev 08:50
Yangiliklar
Bobur Yo'ldoshev: “Mavsumni yaxshi niyatlar bilan boshlaymiz, muxlislar o'tgan yilgidan ko'prog'ini kutishadi”
“Bunyodkor” jamoasi himoyachisi Bobur Yo'ldoshev Antaliyadagi yig'in haqida fikrlari bilan bo'lishdi.
- Chigalyozdi mashg'ulotlarni alohida olib bordingiz. Jarohat bormi?
- Ozgina jarohat bor. Oxirgi o'yin oyog'imning orqa son qismida og'riq bo'ldi. Shu bois alohida shug'ullanyapman.
- Bir oy yig'in uchun ko'p emasmi?
- Orada 3 kun dam berildi. Shu erda bo'ldik, shahar aylandik.
- “Orenburg” bilan o'yin haqida...
- Bunday kuchli jamoalar bilan o'ynagan yaxshiroq. Kuchsiz raqiblardan ko'ra kuchlisi bilan o'zimizni sinaganimiz to'g'ri. Superligada ham oson raqib bo'lmaydi. Har bir o'yin jang.
- Yangi mavsumdan kutilmalar qanday?
- Mavsumni yaxshi niyatlar bilan boshlaymiz. O'tgan yilgi natijalarimiz malum. Muxlislar yanada ko'prog'ini istaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar