So’nggi yangiliklar

18:25Энцо Фернандес: "Менинг орзуим — Чемпионлар Лигасида ғолиб чиқиш"  0 17:58Про лига. 1-тур ўйинлари саналари маълум  0 17:27АПЛ клуби “Ювентус" ҳужумчисини трансфер қилишга тайёр  1 16:49Гвардиола дисквалификация туфайли иккита ўйинни ўтказиб юборади  2 16:13"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин  14 15:44Футболнинг нони қаттиқ  3 15:21"Футбол олами". Маош йўқми? Ўйнамаймиз!   0 15:18Мирзаев, Мўминжонов, Ортиқов, Қиличев... "Металлург" раҳбарияти ва мураббийлар штаби таништирилди  1 15:06"Машъал" – "Қизилқум" учрашуви Ғузорда ўтказилмайди  2 14:34Эмери "Астон Вилла"дан кетиши мумкин  6 13:41Натан Аке "Барселона"га ўтиши мумкин  6 13:07Тиагу Мотта "Тоттенхэм"ни бошқариши мумкин  2 12:28"Бавария" ва "Интер" Германия терма жамоаси вингерига даъвогарлик қилмоқда  0 11:28МЮ хавбек Таверньени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:46Суперлига. 3-тур ҳакамлари маълум. Марказий учрашувларни кимлар бошқариб боради?  13

O'zbekiston Superligasi tarixidagi eng yosh murabbiyni bilasizmi? Yangiliklar

O'zbekiston Superligasi tarixidagi eng yosh murabbiyni bilasizmi?

23 yoshidayoq elita jamoasini boshqargan mutaxassis haqida-chi?

Bundan roppa-rosa o'n yil avval Toshkentning "Obod" jamoasi ilk bor Superliga qadam qo'ygandi. O'sha mavsum nafaqat klub, balki o'zbek futboli uchun ham tarixiy voqea sifatida yodda qoldi chunki klub xususiy edi. Jamoani maydonga olib chiqqan bosh murabbiy esa hali 23 yoshda bo'lgan Bobur Zuhriddinov edi.

Yoshlik va jasorat uyg'unligi

1992 yilda tug'ilgan Zuhriddinov Superligada 12 ta uchrashuvda jamoaga rahbarlik qildi. Aslida jamoani Pro ligadan (avvagi Birinchi liga) Superligaga chiqishida ham Bobur Zuhriddinov hissasini qo'shgan. Bu davrda "Obod" 1 g'alaba, 2 durang va 9 mag'lubiyat qayd etdi. Natijalar ko'ngildagidek bo'lmaganiga qaramasdan, bu holat murabbiyning yoshi va tajribasini inobatga olganda o'ziga xos sinov maktabiga aylandi. 

Yosh mutaxassis uchun bu davr katta bosim, katta masuliyat va muhim saboqlar davri bo'ldi. Keyinchalik klubda bosh murabbiylik vazifasini Aleksandr Mochinov, Rauf Inileev, Jafar Irismetov hamda Andrey Demchenkolar bajarishdi.

Akademiyadan yana katta futbolga

Superligadagi qisqa, ammo mazmunli tajribadan so'ng Zuhriddinov o'zini rivojlantirish yo'lini tanladi. U "Bunyodkor" akademiyasiga ko'chib o'tib, yoshlar bilan ishlash orqali bilim va ko'nikmalarini mustahkamladi.

2018 yilda esa So'g'diyona yoshlar jamoasida faoliyat olib bordi. Bu davrda u taktik va pedagogik jihatdan o'sib, murabbiy sifatida shakllanishini davom ettirdi.

Muborakdagi tajriba

Zuhriddinov faoliyatidagi keyingi muhim bosqich "Mashal" jamoasi bilan bog'liq bo'ldi. Bu erda u Dilyaver Vaniev bilan birgalikda jamoani boshqarib, o'zbek futbol muhitida o'z o'rniga ega bo'lishga harakat qildi.

Shundan so'ng mutaxassis yana "Bunyodkor"ga qaytdi. Uning rahbarligida klubning farm jamoasi Birinchilik Kubogida g'olib chiqib, Pro ligaga o'tish bahslarida ishtirok etdi.

Bugungi kun va kelajak

Ayni paytda Bobur Zuhriddinov “qaldirg'ochlar”ning asosiy jamoasida Ilyos Zeytullaevga yordam bermoqda. Avvalroq U-19 jamoada ham faoliyat yuritdi. Yosh murabbiyning hikoyasi o'zbek futbolida yangi avlod mutaxassislari uchun ilhom manbai bo'la oladi. 

Yangi rekord qachon?

So'nggi yillarda klublar akademiyalariga katta etibor qaratayotganini inobatga olsak, kelgusida yana shunday yosh murabbiylarni ko'rishimiz ehtimoli yuqori. Ayniqsa, yoshlar tizimi kuchli bo'lgan, yangi shakllanayotgan jamoalarda. 

Siz qanday fikrdasiz: O'zbekiston Superligasida eng yosh murabbiy rekordini yangilay oladigan yangi istedod qachon va qaysi klubda paydo bo'ladi?

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
18 fev 15:03:55
Rustam Ruziyev
Чигодаевни ўрнига шу болани тайинлаш керак эди
   
18 fev 17:30:52
Адхамжон Низамов
. .. foydalanuvchining fikriga javob berish
Shaxsiy fikr. U17 terma jamoamiz murabbiyi qaysidir "Naxang"ni qarindoshi yoki tanishi bo'lmaganida shu yigit va shunga o'xshagan murabbiylarni qo'lida bo'lar edi terma jamoamiz. Chogadayevmi kim edi? Uni statistikasi ham aytib turgan edi aslida kimligini. Adashmasam 14 o'yin 1 g'alaba 11 mag'lubiyat uyat uyat!!! Achinarlisi hali ham ishdan olinmagan
Сал аниклик киритаман,14 уйин,2 галаба,1 дуранг,11 маглубият.Чигодаев аут.Эсиз,Нуралиев,Евстафаев булганда болалар ёриб ташларди.
   
18 fev 17:20:30
Сахобиддин ...
Lampard foydalanuvchining fikriga javob berish
Супер лига билан Про лигани фарки булса керак хурматли саводи бор одам. Сиз олдин макола езишдан аввал яхшилаб про лига бн супер лигани фарки ни укиб, урганиб келинг
E shatmoq to'g'ri yozganu nima qilasan bilmagan narsanga aqllilik qilib
   
18 fev 15:25:55
Izzatillo89!
Lampard foydalanuvchining fikriga javob berish
Супер лига билан Про лигани фарки булса керак хурматли саводи бор одам. Сиз олдин макола езишдан аввал яхшилаб про лига бн супер лигани фарки ни укиб, урганиб келинг
Тўғри ёзганку. Обод супер лигада ўйнаган. Бобир зухриддинов мураббий эди. Про лига аввалги биринчи лига деб ёзиб кеткану.Ўзиз тушунмапсиз шекилли
   
18 fev 15:25:25
. ..
Shaxsiy fikr. U17 terma jamoamiz murabbiyi qaysidir "Naxang"ni qarindoshi yoki tanishi bo'lmaganida shu yigit va shunga o'xshagan murabbiylarni qo'lida bo'lar edi terma jamoamiz. Chogadayevmi kim edi? Uni statistikasi ham aytib turgan edi aslida kimligini. Adashmasam 14 o'yin 1 g'alaba 11 mag'lubiyat uyat uyat!!! Achinarlisi hali ham ishdan olinmagan
-1   
18 fev 15:07:56
Lampard
Супер лига билан Про лигани фарки булса керак хурматли саводи бор одам.
Сиз олдин макола езишдан аввал яхшилаб про лига бн супер лигани фарки ни укиб, урганиб келинг
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика