So’nggi yangiliklar

01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  2 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  24 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  1 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  2 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0

"Biz 4:1 hisobida g'alaba qozondik. Tanqidchilarga javob berishni istamayman" - Vohid SHamsai ko'p muhokamalarga sabab bo'layotgan Franciya - Eron uchrashuvi haqida fikr bildirdi Yangiliklar

"Biz 4:1 hisobida g'alaba qozondik. Tanqidchilarga javob berishni istamayman" - Vohid SHamsai ko'p muhokamalarga sabab bo'layotgan Franciya - Eron uchrashuvi haqida fikr bildirdi

O'zbekistonda o'tkazilayotgan futzal bo'yicha Jahon chempionatida yana bir katta nizo kelib chiqdi.

"F" guruhi uchinchi turida Franciya va Eron terma jamoalari ochiqchasiga g'alaba qozonishni istamasdan o'ynashgandek ko'rindi. Uchrashuvning videotakrorlarida Eron terma jamoasining o'zi "istamay" qilayotgan hujumini Franciya futbolchilari ochiqchasiga o'tkazib yuborgani ko'ringan. Bu o'yinda g'alaba qozongan jamoa Braziliya bilan to'qnash kelardi, shu sababli, ikki jamoa ham g'alaba qozonishni "istashmadi". Ushbu "shubhali" bahs omma tomonidan ko'p muhokama qilindi va ko'pchilik ikki terma jamoaning ham qattiq tanqid qildi. Avvalroq, Liviya futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Rikardo Inigez ikki jamoani "kelishilgan" o'yin o'tkazishganida ayblagandi.


Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Vohid SHamsai ko'p muhokamalarga sabab bo'layotgan ushbu haqida fikr bildirdi.

"Biz 4:1 hisobida g'alaba qozondik. Yana nima qilishimiz kerak edi? Bizni tanqid qilayotganlarga javob berishga majbur emasman. Bu mening vazifam emas. Biz guruh bosqichini 9 ochko, yani 100% foizlik natija bilan yakunladik. Franciya qarshi o'yindan oldin bizda nechta yo'qotishlar borligini aytib o'tgandim, shunga qaramay biz o'yinni nazorat qildik. Ikkinchi bo'limda esa o'z darajamizni namoyish etdik va g'alaba qozondik" - deydi Vohid SHamsai.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика