So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  3 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  7 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  47

Birinchi uchrashuvni shouga aylantirgan jamoalar to'qnashuvi: Final chiptasi o'ynaladigan "Inter" – "Barselona" o'yini uchun prevyu Yangiliklar

Birinchi uchrashuvni shouga aylantirgan jamoalar to'qnashuvi: Final chiptasi o'ynaladigan "Inter" – "Barselona" o'yini uchun prevyu

Dastlabki uchrashuvdagi "gollar otishmasi"dan keyin "Inter" – "Barselona" javob bahsidan nimalar kutishimiz mumkin?

Har ikki jamoa ECHL yarim finalidan avval chempionat o'yinida qator futbolchilariga dam berdi.


"Inter"

1."Inter" Chempionlar Ligasi doirasidagi uy o'yinlarida 16 o'yindan buyon yutqazmayapti

Milanliklar o'z maydonlarida Chempionlar Ligasi doirasida qatorasiga 16 uchrashuvdan buyon mag'lub bo'lishmayapti va ulardan 13 tasida zafar quchishgan. Joriy mavsum Simone Inzagi jamoasi "Feyenoord" va "Bavariya"ni musobaqadan chiqarib yubordi. Biroq birinchi uchrashuvda ko'rindiki, jamoa himoyasida muammolar etarlicha topiladi. "Neradzurri" kataloniyaliklarga 0:2 hisobidan qaytishga imkon berishdi va 3 marta gol o'tkazib yuborishdi. Shunga qaramay, safardagi durang — qoniqarli natija, ustiga-ustak "Inter"ning "San-Siro"dagi kuchini inobatga olsak.



2. Lautarosiz, lekin rotaciyalar bilan: "Inter" etakchilarining o'rnini kim bosadi

"Inter" javob uchrashuviga qator yo'qotishlar bilan etib kelmoqda: Simone Inzagi Lautaro Martines va Benjamen Pavar xizmatidan foydalana olmaydi. Argentinalik birinchi uchrashuvda jarohat oldi va javob bahsida ishtirok etolmaydi. Bu esa Arnautovich yoki Taremiga qo'shimcha imkoniyat eshiklarini ochadi. Himoyada uchta markaziy himoyachi harakat qiladi: Bissek, Acherbi va Bastoni. Maydon markazida ham uchlik — Mxitaryan, Barella va Chalxanoglu. Darvoqe, turkiyalik A Seriyaning oxirgi uchrashuvini diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yubordi.


3. Tyuram va Dumfris — "neradzurri"ning noodatiy yashirin quroli

Birinchi o'yinda "Inter" hujumi ko'pchilikni hayron qoldirdi: Markus Tyuram 30-soniyada hisobni ochdi va yarim finallarda urilgan gollar ichida eng tezkori bo'lib, tarixga kirdi. Denzel Dumfris, xalqaro arenada ancha vaqtdan buyon gol urolmayotgandi, bir yo'la dubl muallifiga aylandi. Jamoa etakchisi Lautaro Martines jarohatlangan bo'lsada, uning o'rnini Arnautovich yoki Taremi egallaydi, Chalxanoglu, Barella va Mxitaryanning asosiy tarkibga qaytishi esa markaziy zonaga rang-baranglik beradi. Inzagi usulni o'zgartirishni yaxshi uddalaydi: ehtiyotkor himoyadan tortib, agressiv pressingli hujumgacha.


"Barselona"

1. Jamoa sport formasi zo'r, ammo tarixiy statistika "Barsa" foydasiga emas

Joriy mavsum "Barselona" juda yaxshi natijaga qarab ketmoqda: Ispaniya Kubogi va Superkubogidagi g'alabadan keyin Xansi Flik jamoasi La Ligada ham etakchi. "Valyadolid" ustidan qozonilgan g'alaba 30 o'yindagi 24-si bo'ldi — faqatgina masala hal qilingandan keyingi ECHL chorak finalida "Borussiya" bilan javob uchrashuvida mag'lubiyat qayd etildi. Biroq yarim finallarda kataloniyaliklar safarda qiynaladi: qatorasiga 4 mag'lubiyat va ushbu bosqichda tarixda faqatgina ikki g'alaba. Italiya klublariga qarshi safar o'yinlari statistikasi ham unchalik yaxshi emas — 24 ta o'yinda 5 g'alaba. "San-Siro" — "Barselona" "San Siro"da "Inter"ni faqat bir marta yuta olgan.


2. Flik UEFA Chempionlar Ligasiga katta umid bog'lamoqda

Javob o'yinidan avval Xansi Flik ham rotaciyaga qo'l urdi va etakchilariga dam berdi. Kadrlar masalasi ideal emas — Jyul Kunde hamon lazaretda va Milandagi o'yingacha tiklanib ulgurmayapti. Darvozada — Shensni, himoyada — markaz Arauxo va Kubarsi juftligi, Alexandro Balde esa hech bo'lmasa zaxiraga qaytadi. Yarim himoyada esa De Yong va Pedri hamda hujumda Yamal, Rafinya va katta ehtimol Olmo, Ferran Torresga ishonch bildiriladi. Levandovski deyarli tayyorligi aytildi, lekin asosiy tarkibga kiritilmasa kerak.


3. "Barselona"ning hujumdagi imkoniyatlari — ispanlarning asosiy ustunligi

Lamin Yamal Chempionlar Ligasi shu mavsumida 5 ta gol urib ulgurdi — tarixda faqatgina 3 nafar yosh iqtidor undan yaxshiroq natija ko'rsatgan. Birinchi uchrashuvdagi uning aniq zarbasi o'yin bezagi bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Qanotdagi uning sherigi Rafinya ECHLning o'zida 21 ta samarali harakat amalga oshirib ulgurdi. Flik boshchiligida "Barselona" 40 ta gol urdi. Tajribali germaniyalik mutaxassis shogirdlarini evrokubok o'yinlariga tayyorlashni yaxshi biladi va "Barsa" hujumi butun Evropa etiborini tortib ulgurdi. Hozir asosiy masala safarda ham ular shunday samarali harakat qila oladimi yoki yo'q. Agarda Yamal va Rafinya yaxshi kayfiyatda bo'lsa, ispanlar omadsiz ananaga chek qo'yishi oson bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, bahs bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. G'olib ECHL finaliga yo'l oladi. 


TerminaTor

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика