Birgina ayol butun boshli "Roma"ning rejalarini buzib tashladi
28 sen 15:06
Yangiliklar
Birgina ayol butun boshli "Roma"ning rejalarini buzib tashladi
"Roma" bosh direktori Lina Souluku nima sababdan ishdan ketgani malum bo'ldi.
Rimliklar hujumchisi Paulo Dibalaning Saudiya Arabistoni klubiga transferi bekor bo'lganidan xafa bo'lgan Lina Souluku jamoa bosh murabbiyi Daniele De Rossiga argentinalik futbolchini asosiy tarkibga kiritishni taqiqlab qo'yadi. Murabbiy esa ayol rahbarning gapiga kirmay, bilganini qilishda davom etdi. "Roma" bosh direktori javob tariqasida klub egalariga futbolchilar bosh murabbiyning istefosini so'rayotgani haqida yolg'on malumot beradi. Ayolning yolg'oni tezda fosh bo'ldi. Futbolchilar De Rossi istefosidan keyingi kunning tongida klub egalari oldiga kelib, murabbiy nega ishsiz qolganini so'rashdi va barchasidan boxabar bo'lishdi.
Klub egalari haqiqatni bilgach Soulukuni haydab yuborishdi.
Fikrlar