Berbatov: “Ramos MYUga o'tsa, bu o'zi uchun yaxshi bo'lardi”
26 noy 2020 19:50
Yangiliklar
Berbatov: “Ramos MYUga o'tsa, bu o'zi uchun yaxshi bo'lardi”
“Serxio Ramosning kelajagi borasida ko'plab taxminlar bildirilmoqda. U klub bilan hali ham yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Ramos 34 yoshda va balki shu tufayli ular bir to'xtamga kelolmayotgandir. Klub bir yillik, Ramos esa ikki yillik shartnomani xohlamoqda.
Ishonchim komilki, agar Ramos “Manchester Yunayted”dek klubga o'tishni istasa, bu o'zi uchun yaxshi bo'lar edi. U zo'r formada, hali ham jahon darajasidagi himoyachi hisoblanadi va fikrimcha, yuqori saviyada o'ynashda davom etishni istaydi. 36 yoshli Tyago Silva APLga o'tish hech qachon kech emasligini isbotladi va hozircha braziliyalikda barchasi ijobiy kechmoqda. Biroq, men Ramosni “Real” o'yinchisi sifatida ko'rmoqdaman va klub u bilan kelishib oladi deb o'ylayman. Agar u ketsa, bundan hayron bo'laman, ammo bu yuz bersa, mazkur himoyachi ko'plab klublar ko'z ostidaligiga aminman”, deydi Berbatov.
Fikrlar