So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Baxtiyor Ashurmatov: “Rahbariyatning qarorini to'g'ri qabul qildim” Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: “Rahbariyatning qarorini to'g'ri qabul qildim”

Baribir Ashurmatovning rasman klubdan ketishi oydinlashgach, uning bu vaziyatga qanday munosabatda bo'lishini bilish qiziq edi.

Vaholanki, kuni kecha “Andijon”da qolishi haqida aytib o'tgandi. Lekin voqealar rivoji yana tubdan o'zgarib ketdi. SHu bois Baxtiyor Azamovich istefoga chiqqanidan keyin o'z fikrini bildirdi.

-   Oxirgi paytlarda “Andijon” klubi atrofidagi gap-so'zlar tushunarsiz bo'ldi. Menimcha, bu vaziyatda muxlislar ham hayron qolishayotgan bo'lsa ajab emas. “Futbol Ekspress” gazetasi va Championat.asia saytida suhbatim chop etilgandi va unda “Andijon”da bor kuchim bilan ishlayman deya aytgandim. Endi esa ishqibozlarda nahotki, oradan ikki kun o'tib Ashurmatovning fikri o'zgarib yana istefoga chiqishni xohlab qoldimi, degan o'y-xayollarga berilgan bo'lishi mumkin. Rahbariyat klubdan ketishimni xohlashdi va men buni to'g'ri qabul qildim. Natija yaxshi bo'lmaganida har doim bosh murabbiy javobgardir. “Andijon”ning muvaffaqiyatsiz o'yinlarida esa o'zimni aybdor his qilaman va barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. SHu bois “Olmaliq” bilan uchrashuvdan avval klubdan ketishim to'g'ri yo'l bo'lsa kerak deb, buni rahbarlarga aytgandim. Lekin o'shanda ko'p yillik rejalar bilan ishlash kerakligini hamda o'zaro ishonch bo'lishini aytishdi va bu menga qo'shimcha ishonch bag'ishlagandi. Ammo “Bunyodkor”ga imkoniyatni boy berganimizdan keyin jamoa ijrochi direktori o'rnimga Vitaliy Legay ishlashini malum qildi. Men esa buni to'g'ri qabul qildim. CHunki hozirgi natija muxlislar va rahbarlar xohlagan darajada emas. Ketishimdan oldin shuni aytmoqchimanki, menga ishonch bildirgan andijonlik muxlislarga va rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. Nima bo'lishidan qati nazar yaxshi jamoa tuzishga harakat qildim. Lekin futbolda har doim siz o'ylagan narsa amalga oshavermaydi. Yilning boshida bu erga katta maqsadlar bilan kelgandim. Afsuski, biz o'ylagandek bo'lmadi. Bu borada o'zimni oqlamoqchi emasman. Rostini aytsam, natija ko'rsatishimizga ko'p narsalar halaqit qildi. 


-   “Andijon”da ishlaganim menga katta saboq bo'ldi. Keyinchalik tavakkal qilmasdan vaziyatni, jamoani yaxshilab o'rganib chiqib keyin qaror qabul qilish kerakligini tushunib etdim. Har doim ham tavakkalchilik o'zini oqlamas ekan. Futbolchi bo'lganimda ham, murabbiylik chog'imda ham insoniylik, bir-biriga bo'lgan ishonch va lafz kabi tushunchalarga katta etibor beraman. Afsuski, ayrim holatlarda “Andijon”da qiyin vaziyatlarga tushib qoldim. Lekin rahbarlar natija bo'lmasa-da, menga ishonishda davom etishdi. Ochig'i, jamoa bilan bunday holatda xayrlashishni xohlamagandim. Mendan keyingi murabbiyga omad tilayman va qiyin vaziyatdan chiqib ketishini istayman. U erda yaxshi jamoa bor. Yana bir gapni aytishni istardimki, mening ketganimdan ayrim futbolchilar balki xursand bo'lishayotgandir. Ammo 80 foiz o'yinchilar menga qo'ng'iroq qilib “Andijon”dan ketganimga afsuslanishyapti va birga ishlagan paytimiz uchun rahmat aytishyapti. Birinchi davradan keyin men transferga qo'yishni xohlagan, ammo saviyasi unchalik kuchli bo'lmagan o'yinchilar ikkinchi davrada ham klubda qolishadi. Bu esa “Andijon” jamoasining zarariga ishlaydi deb o'ylayman.

-   Vaqtni orqaga qaytarib bo'lmaydi va shu bois afsuslanishdan mano yo'q. Bo'lib o'tgan ishlar menga katta dars bo'ldi. “Andijon”da ish boshlaganimda, bu men uchun tramplin, agar yaqin orada menga takliflar bo'lsa ketaman, degan fikrlar umuman bo'lmagan. Aksincha, bu erga bir necha yil muvaffaqiyatli ishlayman degan o'y-xayollar bilan kelgandim. Endi ishdan bo'shaganimdan keyin ham qaysidir jamoada ish boshlayman deb ayta olmayman. CHunki birinchi navbatda oilam bilan birga hordiq chiqarmoqchiman. Murabbiy sifatida yana o'rganadigan narsalarim bor va buning uchun fursat keldi deb o'ylayman. Keyinchalik yanada kuchliroq bo'lgan holda murabbiylik ishimni biror-bir jamoada boshlayman. SHu o'rinda Andijon viloyati hokimiga va klub rahbarlariga menga ishonishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Har doim “Andijon” jamoasiga omad tilayman.


FIRDAVSXON   

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика