So’nggi yangiliklar

20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  3 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  0 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  8 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  3 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  1 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  14 17:15Гвардиола — АПЛда февраль ойининг энг яхши мураббийи  1 16:48"Манчестер Сити" футболчиси АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 16:25Манба: "Челси" жамоа сардори билан шартномани узайтирди  0 15:57Ямаль машғулотни ўтказиб юборди. Ташвишланишга сабаб борми?  0 15:32"Эскиларнинг бир гапи бор: менга ўртадаги ўйинчиларни айт, мен сенга жамоанг қандайлигини айтаман". Вадим Абрамов "Динамо" легионерларидан норози  4 15:04Давид Вилья "Атлетико"га қайтди  7

Samvel Babayan: "Bugun "Neftchi" tarixini yozayotgan futbolchilarni bir paytlar o'zim katta qilganman" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bugun "Neftchi" tarixini yozayotgan futbolchilarni bir paytlar o'zim katta qilganman"

Superliga 3-turdan o'rin olgan "Neftchi" - "Andijon" (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida andijonliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Birinchi navbatda o'z muxlislarimizdan bugungi rasvo o'yinimiz uchun uzr so'rayman. Buning sabablarini tahlil qilamiz. Golga qadar yaxshi o'ynayotgandik, hatto ilk vaziyatga biz ega bo'ldik. Lekin o'tkazib yuborilgan birinchi goldan so'ng nima bo'lganini bilmayman. Chempionga qarshi bahs olib bordik, qiyin o'yinni o'tkazdik.

Shunday kuchli jamoa barpo etgani uchun Xayrullo Hayitboevichga rahmat aytaman. Jamoa yoshlarni jalb etgan holda kelajak haqida o'ylayapti. Mag'lubiyat sababini nimada ko'rsatish mumkin? Buni tahlil qilamiz. Biz bugun barcha jabhada mag'lub bo'ldik va buni tan olamiz. "Neftchi"da o'yin yaxshi yo'lga qo'yilganligi ko'rindi. O'zimiz haqimizda gapiradigan bo'lsam, raqobatbardosh jamoani tuzish birdaniga amalga oshib qolmaydi, buning uchun "Neftchi"ga besh yil kerak bo'ldi.

Bu mag'lubiyat men uchun shaxsan ikki karra og'ir, chunki bugun "Neftchi" tarixini yozayotgan futbolchilarni bir paytlar o'zim "ona suti berib" katta qilganman. Bu ayni fakt. Bizning ham oldimizda xuddi Farg'onadagi kabi chiroyli futbol klub tuzish vazifasi turibdi va buning uchun ishlayapmiz. Xatolarni to'g'rilashga harakat qilamiz. Nima qilish kerakligini juda yaxshi bilamiz. Bizga vaqt kerak, falon-falon narsalar lozim deb aytish bu erda o'tmasligini ham bilamiz. Menda besh yil vaqt yo'q. Menga yaxshi jamoa tuzish uchun juda kam muddat berilgan. Yana bir bor "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. Mag'lubiyat sabablarini esa o'rganib chiqamiz.

- Birinchi turda "Andijon" juda chiroyli o'ynadi. "So'g'diyona" darvozasiga javobsiz to'rtta gol urildi. Ammo ikkinchi-uchinchi turlarda mag'lubiyat sodir bo'ldi. Bu esa ko'pchilikni hayron qoldiryapti. Keyingi turlarda yana oldinga harakat bo'ladimi?

- "So'g'diyona" bilan haqiqatan yaxshi o'yin bo'ldi. Mavsumning ochilish o'yini, chiroyli g'alaba va muxlislar xursandligi. Hammasi yaxshi ketayotgan paytda omad qushini qo'yib yubormaslik lozim. Ochig'ini aytaman, "Qizilqum" bilan bahsda mag'lubiyatga loyiq emasdik. Ikkita zarba ikkita golga aylandi. Lekin futbolda shunaqasi ham uchrab turadi. Yuqorida aytib o'tganimdek, biz har bir o'yinimizni tahlil qilamiz. Andijon viloyat hokimi va andijonlik muxlislar kuchli jamoa ko'rishga haqli.

- Taqvim borasida fikringiz qanday? Uydagi g'alabadan so'ng ikki bor safarda o'ynab, har ikkalasida mag'lub bo'ldingiz. Natijada olti ochko boy berildi. 

- Hammasini tahlil qilamiz. Qisqa vaqtimiz bor va hammasiga ulgurishimiz kerak. Gap bizning safarda to'p tepganimizda emas, balki o'yin sifati borasida. Vertikal, pressing futbol falsafamizga to'g'ri keladi va shuni yo'lga qo'yish ustida ish olib boryapmiz. Lekin bunday futbolni faqat epizodlarda namoyon eta olyapmiz. Biz hatto o'yinning yarmini ham nazorat qila olmayapmiz. Bugun ham faqat golga qadar nimadir qilishga urindik, goldan so'ng hammasi barbod bo'ldi. Buni safardagi o'yin bilan bog'liq demagan bo'lardim, bu bizning xatolar bilan bog'liq. Vaziyat yaratishga kelsak, bizda ijrochilar bor, biroq hozircha hammasi biz o'ylagandek chiqmayapti.

- Cheran bilan Ashortia ancha erta almashtirildi. Ularda jarohat yuzaga keldimi yo boshqa sabab bormi?

- Nimanidir o'zgartirish kerak edi, o'yinga tezlik va agressivlik qo'shishimiz kerak edi, vertikal futbol namoyish etishimiz lozim edi. Ammo bu narsa amalga oshmadi. Shu bois o'yinchilarni almashtirishga qaror qildik. Aziz Turg'unboev jarohatdan so'ng qaytdi. Xumoyun Iminov qishki yig'inda yaxshi taassurot qoldirdi, shu bois boshqalarga imkon berishni lozim topdik. Nimadir o'xshadi, nimadir yo'q. Aslini olganda hech nima o'xshamadi. Tezkor hujumlar ham ko'rinmadi.

- Oston O'runov jamoaga qo'shilishi qanchalik rost?

- Hozircha bu borada aniq gap ayta olmayman. Agar shunday bo'lib chiqsa, Oston "Andijon"ga keladi deb umid qilaman. Uning kelishi ham o'zi, ham jamoa uchun yaxshi bo'ladi. Jahon chempionati oldidan futbolchining o'zi ham o'yin amaliyoti to'plab oladi.

- O'zbek futbolining tajribali mutaxassisi sifatida 15 mart kuni "Bobur Arena"da bo'lib o'tadigan "Paxtakor" va "Neftchi" o'rtasidagi Superkubok o'yini oldidan fikringiz qanday? Negaki o'z vaqtida har ikki klubda ishlagansiz va bu jamoalar sizga begona emas.

- "Neftchi"da men hali ishlamaganman.

- Yuriy Sarkisyanga paytida yordam bergansiz.

- Yo'q, adashyapsiz. Gap-so'zlar bo'lgandi, lekin Farg'onada ishlamaganman. Kim bilsin, futbolda keyinroq har narsa ro'y berishi mumkin. Shuni aytishim mumkin, Superkubokda O'zbekistonning hozirgi eng kuchli ikki jamoasi to'qnash keladi va qiziq o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Kuchlilar g'alaba qozonsin. "Paxtakor"da ko'p yil ishladim va bu klub menga begona emas. "Neftchi" haqida gapiradigan bo'lsam, o'z paytida men tarbiyalagan yoshlarning ko'pchiligi hozir shu jamoada o'ynayapti.

- "Neftchi" g'alabasida Ismoilovning effekti qay darajada deb hisoblaysiz? Statistika shuni ko'rsatyaptiki, Ismoilovga qarshi o'yinlarda sizga oson bo'lmagan.

- To'g'risi tushunmayapman. Murabbiy Ismoilovni aytyapsizmi yoki o'yinchi Ismoilovnimi?

- Murabbiy Ismoilovni. U "Turon"da paytida bir marta sizni mag'lub etgan va bir marta durang o'ynagan. O'shanda "Navbahor" bosh murabbiyi edingiz. 

- Negadir sizning statistikangiz quloqqa g'alati eshitilyapti. Adamasam, biz "Turon"ni yutganmiz. Mayli savolga obektiv yondashadigan bo'lsak, "Neftchi"ning g'alabalari asosiy sababchisi - Xayrullo Hayitboevich Bozorov. Bu bor gap. Bu erda yaxshi futbolchilar jam bo'lgan va jamoani kim boshqarishining farqi yo'q. Xayrullo Hayitboevichning olti yillik mehnati samarasi bu. Men ketganimdan so'ng "Neftchi" "Navbahor"dan futbolchilarni taklif qilib to'g'ri yo'l tutdi. Asosiy sabab viloyat hokimining futbolga bo'lgan qiziqishida va "Neftchi"ga befarq emasligida. Hozirgi "Neftchi" yoshlarni jalb etgan holda kelajak jamoasi quryapti.

- Sizning fikringizcha, bu yil chempion bo'la oladigan top uchta jamoa qaysi?

- Taxmin qilishni yoqtirmayman. Hali hammasi oldinda. Men faqat o'z jamoam haqida gapirishni xohlayman. Andijon viloyati hokimi taklifiga ko'ra, klubga keldim va yaxshi jamoa tuzish ustida ish olib boryapmiz. Vaziyat qanday bo'lmasin, maqsad o'zgarmaydi va kun tartibidan olib tashlanmaydi. Andijonda hamma narsa bor, hammasi futbol rivoji uchun tayyor, faqat ozgina vaqt kerak. Biz ham kuchlilar orasida bo'lish uchun bor kuchni ish solamiz.



Reyting: -30   

Fikrlar

+5   
11 mar 00:46:40
Ismoilov jaxongir
Бабаянни Андижонга олиб келиши жуда катта хатолик чунки Бабаян шу пайтгача пулни совуриш билган холос Навбахорни сарфлаган пулларни ярмини хам оклолмади, металлург, локомативни пролигага тушириб юборди, энди Андижонга навбат бу кетишда Бабаян мавсум охирига бормай кочади
+5   
10 mar 23:47:06
Каримжон Матхолиқов
Исмоиловни тан олгиси келмасдан фақааат Хайрулло Ҳайитбоевичнинг мехнати, ўзим сут берганман ва хо казо...
+5   
10 mar 23:44:16
Каримжон Матхолиқов
Қундуз Баба "Ҳалиги сичоқнларни нигоҳ тўйи ҳақидагиси борууу ўшанисини айтиб беринг ҳааа"
+5   
10 mar 23:24:50
. ..
Титаник чокаётганида болани ушлаб,Уни бахона килиб кайикка у́тириб оладиган брат кимни есида??? Аввалига Навбахор,кейин металлург,кейин локомотив, мана енди андижон... Пулни таги кориниб колса Ози Билан каерга Борса олиб юрадиган болларини оладида кетади. Гаплар еса сафсата.
+4   
11 mar 01:04:44
787878
баба мураббий эмас!!!
Андижонни хароб қилмасидан хайдаш керак бу лўттибозни!!!
+4   
11 mar 00:03:37
Dima
Baba aut
+4   
11 mar 00:00:15
Олег Шацких 11
3 йил битта камандада уйнатиб катта килганмишлар, яхшиси богчада энагалик килсанг сарлавханг тугри келади)))
+3   
11 mar 07:30:18
Адхамжон Низамов
Хайрулла Бозоров эмас,Исмоилов сен Навбахорда уйната олмаган 3-4 та уйнчини уйнатиб,Фаргоначасига сени ютди.Х.Бозоровни эса бу галабаларда албатта хиссаси катта.Хуллас,коч Нефтчи келяпти.
+3   
11 mar 05:14:41
Srojiddin Ahmedov
КИЗИЛКУМ БИЛАН УЙИНДАН КЕЙИН КИМДУР КАМЕНТ ЁЗГАНДИ.АНДИЖОН ЮТКАЗСА БАБАЯН "ЧЕМПИОНГА ЮТКАЗДИК"ДЕБ БАХОНА КИЛАДИ ДЕБ.
+3   
11 mar 00:20:56
islombek6767
Бабаян -тарих Исмоилов-Келажак
+2   
11 mar 05:42:29
1994 Nurafshon
Вай билят Бабаян тулки халиям шу футболчиларни сут эмизиб катта килибсан булмаса бунака чиройли футбол кайда эди койил сен кахрамонсан.
+2   
11 mar 05:16:54
Farhod__bek1990
BABAYAN AUT
BABAYAN AUT
San ANDREYEV, LABANOV, JAVOHIR SOHIBOVNI katta qilgansan.
+2   
11 mar 00:57:50
Isroiljon Qosimov
Биламиз,сен боғча тарбиячисан,тренермас...
+2   
11 mar 00:43:39
Rasul Matkarimov1
İsmoilovni preznavat qilmagan bolami Bu chumo
+2   
10 mar 23:18:51
Убайдулло Хамрабоев
Бошланди бабаянни эртаклари (кундуз бобо)
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика