So’nggi yangiliklar

20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  3 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  0 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  8 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  3 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  1 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  14 17:15Гвардиола — АПЛда февраль ойининг энг яхши мураббийи  1 16:48"Манчестер Сити" футболчиси АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 16:25Манба: "Челси" жамоа сардори билан шартномани узайтирди  0 15:57Ямаль машғулотни ўтказиб юборди. Ташвишланишга сабаб борми?  0 15:32"Эскиларнинг бир гапи бор: менга ўртадаги ўйинчиларни айт, мен сенга жамоанг қандайлигини айтаман". Вадим Абрамов "Динамо" легионерларидан норози  4 15:04Давид Вилья "Атлетико"га қайтди  7

Islombek Ismoilov: "Har tur noxush ananaga chek qo'yyapmiz" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Har tur noxush ananaga chek qo'yyapmiz"

Superliga 3-turdan o'rin olgan "Neftchi" - "Andijon" (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida farg'onaliklar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov ishtirok etdi.

- Abror Ismoilov bilan Muhsin Ubaydullaev bir chiziqda o'ynasa shu chiziq zaif ko'rinyapti. "Andijon" ko'p marta shu chiziqdan hujumga o'tdi. Bu borada fikringiz qanday?

- Men unaqa deb o'ylamayman. Bugun Abror ham, Muhsin ham juda chiroyli o'yin namoyish etdi. Ko'p vaziyatlarda Muhsin Ubaydullaev birga bir raqibga imkon qoldirmadi. Abror Ismoilovga kelsak, u maydonda katta hajmli ishni bajaradi va pressing, qarshi hujumlarga chiqishda 60-70 metr masofani bir o'zi bosib o'tyapti. Bu esa futbolchidan ko'p kuch talab qiladi. Shu bilan birgalikda himoyada ham ko'p yordam beryapti. Albatta, raqibning ham o'z kuchli tomonlari bo'ladi. Masalan, Mahamadjonov yaxshi futbolchi ekanini, uning "Dinamo"da qanday o'yin namoyish etganini bilamiz. Po'latxo'ja Xoldorxonov ham yosh, tezkor futbolchilardan. Lekin bizning futbolchilar bu o'yinchilarga imkoniyat qoldirishmadi.

- Samvel Babayan jurnalistlar savoliga javoban rasmiy o'yinlarda Islombek Ismoilovga qarshi hali to'qnash kelmaganman deb aytib o'tdi. Bunga oydinlik kiritsangiz?

- To'g'ri, birinchi marta to'qnash keldik. Faoliyatim davomida "Andijon" klubiga va murabbiy Samvel Babayanga qarshi birinchi marta ishtirok etdim.

- Besh kundan so'ng Superkubok uchun "Paxtakor"ga qarshi o'yin bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Ikrom Aliboev shu o'yinda maydonga qaytishi mumkinligi haqida gaplarga ko'zimiz tushdi. Uning holati va umuman Superkubok haqida aytib o'tsangiz.

- Ikrom Aliboev hozirgi paytda jarohatini tiklash jarayonida. Xayriyat hammasi ortda qoldi va futbolchi tez orada safimizga qaytishidan umidvormiz. "Paxtakor" bilan Superkubok o'yinigacha oldimizda besh kun vaqt bor va shu besh kun mobaynida futbolchining holatini kuzatamiz. Albatta, kim tayyor bo'lsa Superkubok o'yinida maydonga tushadi. Jamoamizda kayfiyat yaxshi, kuchli raqibga qarshi o'ynaymiz, biz ham maksimal harakat qilamiz. O'yindan o'yinga o'yinimiz sifati oshyapti, o'ylaymanki, "Paxtakor"ga qarshi eng idel o'yinimizni namoyish etib, bu yil hisobidan birinchi sovrinni qo'lga kiritamiz.



Reyting: +11   

Fikrlar

   
11 mar 11:44:41
Акмал Аляров
Исломбек биринчи саволни мен ҳам бераман деб туровдим.
Хақиқатда мен биринчи таймда ўша қанотда томоша қилдим.
Ўнг қанотда чап қанотга караганда жуда кўп маротаба бўшлиқлар кузатилди.
Журналист тўғри савол берған...
   
11 mar 07:41:57
Мирзаев Б
Хавас килса буладиган зур старт, лекин исмоиловни кучини элит лигада курамиз
   
11 mar 05:39:50
Ibragim Nishanov
Ислом Исмоилов ёш кучли мураббий кўз тегмасин. Илоҳим супер кубок ўйинида ҳам ютуқ насиб этсин. Мен Нефтчини қўллаб қувватлайман. Андижон майдонида кўришгунча. Андижон мухлисиман.
   
11 mar 03:37:14
leva 8989
. .. foydalanuvchining fikriga javob berish
Islom Ismoilovni kumiri Xansi Flik bo'lsa kerak katta ehtimol bilan. Etibor berib kuzatdim. 1 chi golni jamoasi urganidan keyin doim yana dvaynoy katta kuch bilan hujumga o'tarkan. U 17 da ham shunga etibor bergandim. Tasodif bu desam,yoq neftchini ham shu uslubda o'ynatyapti. Omad Neftchiga.
Aniqrog'i bavariya rejimi...bavariya avval ham shunde oynagan xozir ham
   
11 mar 02:34:00
Каримжон Матхолиқов
Бобур Мансуровнинг бир ибораси бор "Мен уларнии кўтолмайман орқам ёняпти муздек бирор нима борми босишга" кимларгадир муздек бирор нима керак бўляптида
   
11 mar 00:48:45
Ochilov Farobiddin
Ха дарров бошланглар Ханси Флик, Фергусон, Анчелотти Реал ла ла ла , хали уйин хом, жуда секин, темп жуда пас, элит лигада бунака жамоалар булмайди ушанда курамиз
   
11 mar 00:41:29
Amirjon Azimkulov
Uzb mtjsiga bulajak nomzod
   
11 mar 00:30:46
. ..
Islom Ismoilovni kumiri Xansi Flik bo'lsa kerak katta ehtimol bilan. Etibor berib kuzatdim. 1 chi golni jamoasi urganidan keyin doim yana dvaynoy katta kuch bilan hujumga o'tarkan. U 17 da ham shunga etibor bergandim. Tasodif bu desam,yoq neftchini ham shu uslubda o'ynatyapti. Omad Neftchiga.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика