"Bavariya"ning yangi darvozaboni Zommer Noyer bilan raqobat haqida gapirdi
21 jan 2023 18:19
Yangiliklar
"Bavariya"ning yangi darvozaboni Zommer Noyer bilan raqobat haqida gapirdi
Germaniyaning "Bavariya" klubi yangi posboni Yan Zommer yangi klubi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
Myunxen klubi yangi posboni Manuel Noyer bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan raqobat borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Dam olish chog'ida oyog'ini jarohatlab olgan Noyer kelasi mavsum avvalida safga qaytishi kutilmoqda.
"Noyer qaytganidan keyin u bilan bo'ladigan raqobat? Hozir yozda nima bo'lishi haqida o'ylamayman. Men "Bavariya"ga barcha maqsadlariga erishishda yordam berishni intiqlik bilan kutaman. Keyingi kunlar ichida jamoa bilan tanishmoqchiman. Men hamma narsani izchil hal qilishni istayman", – dedi Zommer.
Zommer "Bavariya"ga "Borussiya" Myonxengladbaxda 8,5 yil vaqt o'ynaganidan keyin kelib qo'shildi. SHveycariyalik darvozabon "Bavariya" "Leypcig" bilan 1:1 o'ynagan bahsda debyut qilishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar