"Bavariya" ustozi "Barselona" haqida: "Ularda pul yo'q, lekin istalgan futbolchisini sotib olishyapti"
20 iyu 2022 15:35
Yangiliklar
"Bavariya" ustozi "Barselona" haqida: "Ularda pul yo'q, lekin istalgan futbolchisini sotib olishyapti"
Yulian Nagelsmann "Barselona"ning yangi o'yinchilarni sotib olishdagi imkoniyatlaridan hayratda.
2014 yildan beri "Bavariya" safida o'ynab kelgan hujumchi Robert Levandovski Kataloniya klubiga o'tdi va 4 yillik shartnoma imzoladi.
"Barselona" forvardning transferi uchun 45 mln evro + 5 mln bonuslar to'laydi.
"Barselona" puli yo'q yagona klub, lekin o'zi xohlagan istalgan o'yinchini sotib olyapti. Ular buni qanday qilayotganini bilmayman. Bu biroz g'alati va biroz aqldan ozdiradi.
Hujumingda Robertdek futbolchi bo'lsa, ko'proq qanotlar orqali o'ynaysan.
Endi bizning o'yin uslubimiz o'zgaradi. Yangi "Bavariya" paydo bo'ladi. Bu chaqiruv, men esa chaqiruvlarni sevaman. Biz yangi yo'llarni topishimiz va kreativ bo'lishimiz lozim", - dedi "Bavariya" bosh murabbiyi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar