"Bavariya" Nosir Al Helayfidan uzr so'radi
28 noy 2024 00:03
Yangiliklar


"Bavariya" Nosir Al Helayfidan uzr so'radi
"Bavariya" klubi kecha ECHL beshinchi turidan o'rin olgan PSJga qarshi o'yinda myunxenlik muxlislar tomonidan stadionda namoyish qilingan banerlar bo'yicha Nosir Al Helayfidan uzr so'radi.
Kecha "Bavariya" muxlislari stadionda "Vazir, klub egasi, telehuquqlar egasi, UEFA ijroqo'm azosi, Evropa klublari associaciyasi raisi – barchasi bittadami?", deb yozilgan banerlarni namoyish qilishgandi. Bundan tashqari, arenada haqoratomuz manodagi banerlar ham ko'rinish berdi.
"Bavariya" klubi raqiblar va ularning vakillari stadionda o'zlarini haqorat qilingandek his qilganlari uchun uzr so'raydi.
Klub bu banerlarning bizga aloqasi yo'qligini va jamoa poziciyasini ko'rsatmasligini malum qiladi. Bu shiorlar uzoq muddatdan beri yaxshi aloqalarda bo'lgan ikki klub munosabatlarini aks ettirmaydi", -deyiladi "Bavariya" klubi bergan bayonotda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar