"Bavariya" Gravenberx bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
07 apr 2022 15:40
Yangiliklar
"Bavariya" Gravenberx bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi
"Bavariya" "Ayaks" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx bilan shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.
Myunxen klubi faqatgina 19 yoshli niderlandiyalikning klubi bilan transfer narxini kelishishi qoldi. "Ayaks" 35 mln evro talab qilmoqda, "Bavariya" esa futbolchi uchun 25 mln evro va ehtimoliy bonus to'lovlarini taklif qilmoqda.
Gravenberxning o'zi "Ayaks" bilan 2023 yilning iyun so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirish imkoniyatini ko'rib chiqmayapti. O'yinchi faoliyatini boshqa joyda davom ettirmoqchi.
Gravenberx 2021/22 yilgi mavsum "Ayaks" tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar