"Bavariya" etakchilaridan biri Tuxelning yordamchisi bilan tortishib qoldi
19 fev 2024 12:40
Yangiliklar
"Bavariya" etakchilaridan biri Tuxelning yordamchisi bilan tortishib qoldi
Myunxen klubidagi muhit yomonlashishda davom etmoqda.
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix Germaniya chempionatining 22-turidan o'rin olgan "Boxum"ga (2:3) qarshi o'yindan so'ng bosh murabbiy yordamchisi Jolt Lyov bilan janjallashdi. Bu haqda jurnalist Patrik SHtrasser xabar bermoqda.

Futbolchi va mutaxassis o'rtasida baland ovozda og'zaki tortishuv kelib chiqqan. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, vaziyat deyarli urishib ketishgacha borgan.
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel voqeaga izoh berishdan bosh tortdi. Mutaxassis voqeani ishda bo'lib turadigan holat deb atadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar