"Barselona" Zagrebning "Dinamo" jamoasi vingerini o'z safida ko'rmoqchi
24 iyu 2019 14:43
Yangiliklar
"Barselona" Zagrebning "Dinamo" jamoasi vingerini o'z safida ko'rmoqchi
Dani Olmo Ispaniyaga qaytishi mumkin.
Zagrebning "Dinamo" va Ispaniya yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin.
21 yoshli ispaniyalik o'yinchi 2014 yilgacha kataloniyaliklar akademiyasida bo'lib, shundan so'ng klubni tark etgan edi.
Vinger yakunlangan mavsum Xorvatiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan edi.
Dani Olmo 2007-2014 yillarda "Barselona" akademiyasida tahsil olgan. 2014 yildan esa Xorvatiya klubi akademiyasiga kelgan va 2015 yildan buyon professional faoliyatini Zagrebning "Dinamo" klubida davom ettirmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar