"Barselona" Salah bilan shartnoma tuzish g'oyasidan voz kechdi
20 noy 2024 14:52
Yangiliklar
"Barselona" Salah bilan shartnoma tuzish g'oyasidan voz kechdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi keyingi yozda "Liverpul" vingeri Muhammad Salah uchun kurashga kirishmaydi.
Bu haqda "Fichajes" malumot tarqatdi. Eslatib o'tamiz, 32 yoshli misrlikning "qizillar" bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi va tomonlar uni uzaytirish ehtimol kam deyilmoqda. SHu sabab erkin agent maqomida shartnoma imzolashi mumkin bo'lgan futbolchiga qator klublar qiziqish bildirmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati Salahning kelishi aynan uning qanotida o'ynaydigan yosh yulduz Lamin Yamalning rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin deb hisoblashmoqda. Ko'p maosh oladigan Salahni zaxira o'rindig'i uchun olish esa mantiqdan yiroq.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar