“Barselona” safida 16 yoshli futbolchi La Ligadagi debyut uchrashuvini o'tkazdi
26 avg 2019 07:05
Yangiliklar
“Barselona” safida 16 yoshli futbolchi La Ligadagi debyut uchrashuvini o'tkazdi
Kataloniya klubi La Liga ikkinchi turida “Betis”ni 5:2 hisobida tor-mor qildi.
Mezbonlar safida o'yinning 78-daqiqasida Karles Peres o'rniga Ansu Fati maydonga tushirildi. Fati maydonga tushgan vaqti 16 yosh 300 kunlik edi. Natijada futbolchi “Barselona” tarixidagi La Ligada maydonga tushgan eng yosh ikkinchi o'yinchi bo'ldi. Undan yoshroq maydonga tushgan futbolchi esa Vicente Martines edi. Martines “Barselona” safida 1941/42 yilgi mavsumda 16 yosh 298 kunlik bo'lgan vaqtida maydonga tushgandi.
Malumot uchun, Fati o'tgan oyda “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolagandi. Uning tovon puli 100 mln evro qilib belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar