So’nggi yangiliklar

23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  0 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  3 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  8 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  28 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  12 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  98 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  13 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   18

"Barselona" navbatdagi chempionlikni rasmiylashtirdi! Yangiliklar

"Barselona" navbatdagi chempionlikni rasmiylashtirdi!

"Atletiko" hamda "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasi bilan tanishib borish mumkin bo'ldi.

"Atletiko" – "Barselona" 0:1

Gol: Messi 65.

17 may, 22.00, Visente Kalderon

"Atletiko" – Oblak, Xuanfran, Ximenes, Godin, Sikeyra, Suares (Garsiya 67), Gabi, Turan (Manjukich 73), Koke, Grizmann, Torres(Niguez 79).

"Barselona" – Bravo, Dani Alves, Pike, Alba (Mate 79), Pedro, Buskets, Inesta(Xavi 81), Maskerano, Rakitich (Rafinya 86), Neymar, Messi.

Ogohlantirishlar: Pedro 30, Godin 32, Koke 53, Gabi 75, Neymar 92, Messi 93, Sikeyra 93.


Vanihoyat o'yin yakunlandi! Barselona chempion! Ushbu chempionlik bilan "Barsa" muxlislarini tabriklab qolamiz! Keyingi o'yinlarda ko'rishguncha sog' va omon bo'ling!


90+3. Messi va Sikeyralar bahslashgani uchun sariq kartochka ishlab oldilar.


90+2. Neymar vaqtni cho'zgani uchun ogohlantirildi.


90. Hakam 3 daqiqa qo'shib berdi.


88. "Atletiko" futbolchilari ketma-ket hujum uyushtirdilar. Lekin, Bravoning mahorati hozircha kataloniyaliklar joniga oro kirmoqda.


86. Rakitich o'rniga Rafinya maydonga tushdi. 


84."Barsa" yana oldinga o'tmoqda.


81. Yana o'zgarish. Inesta o'rniga Xavi maydonga tushdi. U tushishi bilan sardorlik bog'ichini taqib oldi.


79. O'zgarishlar. Alba o'rniga Mate. Torres o'rniga Saul Niguez.


78. "Espanol" - "Real" uchrashuvida 1:2 hisobi qayd etilmoqda.


77. Pedroning zarbasi biroz noaniq. Aks holda, chiroyli gol guvohiga aylanishimiz mumkin edi.


75. Gabi Busketsga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.


73. Arda Turanning o'rniga Mario Manjukich tushdi.


72. Endi "Atletiko"ning hujumi. Ardaning bergan zarbasi Bravo qo'riqlayotgan darvoza ustidan o'tib ketdi.


71. "Barsa"ning tezkor qarshi hujumiiii. Messi tezkorlik bilan raqib jarima maydonchasi oldiga yaqinlashib Neymarga to'pni uzatgandi. Lekin, braziliyalik hujumchining bergan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.


69. Neymarning zarbasiii! Biroz noaniq...


67. "Atletiko"da o'zgarish! Mario Suaresning o'rniga Raul Garsiya maydonga tushdi.


65. GOOOOOLL!!! Messiii!!! Argentinalik futbolchi to'pni jarima maydoni ichiga olib kirdi va Pedroga uzatdi. Pedro esa darhol to'pni Messining o'ziga qaytib berdi. Argentinalik futbolchi esa darvozaning uzoq chap burchagiga zarba berib hisobni ochdi - 0:1!


62. "Espanol" - "Real" bahsida Ronalduning golidan so'ng hisob ochildi - 0:1!


61. Maydon markazida Neymarga nisbatan qo'pollik ishlatildi.


58. Messi Alvesga to'pni etkazib bergandi. Biroq, Gabi faollik ko'rsatib xavfni bartaraf etdi.


55. Torrreees! Bravo to'pni egallab oldi. Torres zarba berayotgan payt unga qarshilik ko'rsatayotgan Maskerano kutilmaganda yiqilib tushdi.


53. Koke Messiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.


50. Endi "Atletiko"ning hujumi. Grizmannning bergan zarbasi Inestaning yuziga tegdi. Ayni paytda unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


49. "Barsa" futbolchilari yana hujum uyushtirishga harakat qildilar. Lekin, to'pni Oblak egallab oldi.


47. Mehmonlar ketma-ket ikki marotaba burchak zarbasini amalga oshirishdi.


Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda!


Ayni paytda Ispaniya Primerosida ushbu o'yindan tashqari yana 9 ta o'yin bo'lib o'tmoqda. Natijalar bilan quyidagi sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.


Tanaffus!

Birinchi bo'lim yakunlandi! 


45. Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi.


45. Alvesning ajoyib zarbasiiiiii. Oblakdan ajoyib seyv!


44. Torres Pikega bosim o'tkazishga harakat qildi. Lekin, himoyachi o'z vaqtida to'pni uzoqlashtirib yubordi.


41. To'p nazorati "Barsa" futbolchilarida.


38. Dani Alvesning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pidan so'ng Pedro qaychi uslubida gol kiritishga harakat qildi. Biroq, bu safar unga aniqlik etishmadi. Esingizdami, u o'tgan safargi o'yinlardan birida huddi shunday tarzda raqib darvozasini ishg'ol qilgandi!


34. Zarbaaa! Messiii... Xavfli ko'rinish olgandi argentinalik futbolchining zarbasi!


32. "Atletiko" futbolchilari Dani Alvesni 11 metrlik jarima maydoni oldida yiqitishdi. Braziliyalik futbolchi asabiylashmoqda. Godin ogohlantirildi!


30. Pedro Rodriges ogohlantirildi.


27. "Barsa" hujumchilari raqib himoyachilariga nisbatan bosim uyushtirmoqdalar.


24. 3 daqiqa ichida ikki marotaba Messiga nisbatan mayda follar ishlatildi.


20. Messining boshi bilan bergan zarbasidan so'ng to'p Xuanfranning qo'liga tekkandi. Lekin, hakam bunga etibor qaratib o'tirgani yo'q.


18. Messi chamasi 22 metrlardan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urinib ko'rgandi. Ammo, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.


15. Alvesning o'ng qanotdan uzatib bergan zarbasi juda yuqoriga qarab ketdi.


10. Xavfli vaziyayayat! Lekin, Antuan Grizmann o'yindan tashqari holatda qolib ketdi...


6. Torres to'p uchun Alba bilan kurashgandi. Biroq, himoyachi tartibli harakat qilib havfni bartaraf etdi.


2. Buskets Gabi bilan to'qnashib ketdi.


1. Demak, boshladik!


Jamoalar maydonga chiqib kelishgan!


SHuningdek, muxlislardan fikr bildirayotganlarda tartibni saqlashlarini iltimos qilib qolamiz!

Barchaga malumki, bugun agar "Barselona" g'alaba qozonadigan bo'lsa Ispaniya chempionligini qo'lga kiritadi. Nima deb o'ylaysiz, kataloniyaliklar muddatidan oldin chempionlikni tantana qila oladilarmi yoki "Atletiko" bunga yo'l qo'ymaydimi?

Ispaniya CHempionati turnir jadvali ayni paytda quyidagicha ko'rinish hosil qilgan.


Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari! Talab va istaklaringizga binoan Ispaniya chempionatining "Atletiko" - "Barselona" o'yinidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz! Bugun men - Aziz To'xtamurodov ushbu o'yinni siz azizlar bilan birga kuzatib boraman!


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика