"Barselona" Malkomni "Zenit"ga sotadi
29 iyu 2019 17:08
Yangiliklar
"Barselona" Malkomni "Zenit"ga sotadi
"Barselona" hujumchisi Malkom faoliyatini "Zenit"da davom ettiradi.
Rus klubi futbolchi uchun 40 million evro taklif qildi.
Braziliyalik futbolchi "Barselona"ga o'tgan yozda "Bordo"dan 41 million evro evaziga o'tgan edi.
Malkomning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Hujumchi Braziliyaning "Korintians" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini aynan shu klubda boshlagan. 2016 yilda Franciyaning "Bordo" klubi futbolchini sotib olgan.
O'tgan yilda esa "Barselona" Malkom bilan shartnoma imzolagan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar