So’nggi yangiliklar

08:44Максим Шацких «Андижон»даги дебют учрашувидан сўнг нималар деди?  3 08:13Пролига. Бугун 2-даврага старт берилади  0 07:40Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб ўйин бор  4 06:00Суперлига. Тошкентдаги чангли ўйинда дуранг қайд этилди. "Қўқон-1912" ўз майдонида, "Андижон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  1 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  4 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  3 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  9 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  6 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  87 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  88 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  5 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4

ECHL. "Barselona" - "Liverpul" 3:0, Messidan shedevr Yangiliklar

ECHL. "Barselona" - "Liverpul" 3:0, Messidan shedevr

Teglar :  BarselonaLiverpul
ECHLning yarim finali doirasidagi "Barselona" - "Liverpul" uchrashuvi yakunlandi.

"Barselona" - "Liverpul" 3:0

Gol: Suares (26, 1:0), Messi (75, 2:0), Messi (81, 3:0).

"Barselona": Ter SHtegen, Pike, Rakitich, Serxio, Koutino (Semedu, 60), Suares (Dembele, 90), Messi, Langle, Alba, Roberto (Alenya, 90), Vidal.

"Liverpul": Alisson, Gomes, Matip, Van Diyk, Robertson, Fabino, Milner, Viynaldum (Firmino, 78), Keyta (Xenderson, 24), Mane, Saloh.

Ogohlantirish: Langle (39), Fabino (80).

Barcelona

Luis Suarez - 26', Lionel Messi - 75', Lionel Messi - 82'

Champions League Final Stage . 1/2-tur

02/05/2019, 01:00

0
:
3
Tugadi

Liverpool

Stadion: Camp Nou, 98299 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
26'  Luis Suarez
26'  Jordi Alba
39'  Clement Lenglet
60'  Philippe Coutinho (Nelson Semedo)
75'  Lionel Messi
75'  Luis Suarez
81'  Luis Suarez
82'  Lionel Messi
86'  Jordi Alba
90'  Luis Suarez (Ousmane Dembele)
90'  Sergi Roberto (Carles Alena)
24'  Naby Keita (Jordan Henderson)
78'  Georginio Wijnaldum (Roberto Firmino)
81'  Fabinho
84'  James Milner (Divock Origi)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Barselona" Madriddagi finalga yaqinlashdi.

90+6. Xavfli VAZIYAYAYAYATTT!!! Ajoyib yakun! "Liverpul" butun jamoa bo'lib hujumga o'tib ketgandi. Bundan "Barselona" unumli foydalanishi mumkin edi. Dembele to'pni egallab olib, Messiga oshirdi. Messi to'pni uning o'ziga qaytardi. Ammo Dembele gol ura olmadi.

90+3. O'zgarishlar. Suares va Roberto o'rniga Dembele va Alenya maydonga tushdi.

90+2. Messi, Alba va Suares qarshi hujumga qochib ketdi. Ammo Suaresni himoyachi to'xtatdi.

90. O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Masala deyarli hal. "Liverpul" ham MYU kabi bu stadionda 3 gol qo'yib yubordi. Ammo yaxshiroq o'yin ko'rsatgani bor gap. Natija juda yomon. "Liverpul" keyingi o'yinda kambek uchun qattiqroq ter to'kishi kerak.

85. SALOHHH, qani GOLL! U deyarli bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi.

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!!!!!!!!!!!!!!!!! MESSSSSSSSSSSSSIIIIIIIIIIIII!!!!!! Jarima bu penalti! Messi uchun to'qqizlik!




80. Fabino ogohlantirildi. Xavfli jarima zarbasi.

78. O'zgarish. Viynaldum o'rniga Firmino.

76. "Liverpul" ko'plab vaziyatlarni golga aylantira olmadi. O'yin birdaniga sokinlashganida "Barselona" bundan foydalandi.

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!!! "Liverpul" jazolandi! Ular gol urmagani uchun jazolandi! Suaresning zarbasidan keyin ustunga tegib, maydonga qaytgan to'pni Messi darvozaga joyladi, 2:0.


70. O'yin yana sokinlashdi.

68. Suares raqib darvozaboni bilan birga bir holatga chiqishi mumkin edi. Ammo u tezlikda himoyachidan ortda qoldi.

67. "Barselona" "Liverpul"ning katta bosimidan chiqib ketdi.

63. "Barsa"ning hujumi davom etdi. Vidalning qanotdan uzatgan xavfli pasini himoyachi burchakka chiqarib yubordi.

62. Semedu hujumga o'tdi. Ammo u sherigi uzatgan to'pga eta olmadi.

60. O'zgarish. Koutino o'rniga Semedu.

59. Milnerning kuchli va aniq zarbasini ter SHtegen ushlab oldi. Birgina uning o'zi butun boshli "Liverpul"ga qarshi o'ynayotgandek.

55. Bugun "Barselona"dan ko'ra, "Liverpul" yaxshiroq o'yin ko'rsatmoqda.

52. Salohning ideal zarbasi va ter SHtegenning ideal seyvi!

50. O'yin biroz sokinlashdi. Vaziyatlar kamayib ketdi.

47. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA!!!!! SEYYYYYYVVVVVVVVVVVV!!!  Milner va MATS etibor markazida. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi va ikkinchi bo'limni boshlashga tayyor.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob 1:0.

45. Koutinoni "Liverpul" jarima maydonchasi ichida yiqitishdi. Biroq bu erda to'pga o'yin bo'lgandi.

43. Bugun "Barselona" himoyachilari raqiblarga personal tarzda o'ynashmoqda. Follar juda ko'payib ketdi.

39. Salohni ochiqdan ochiq ushlab qolgani uchun Langle ogohlantirildi.

38. Manening zarbasini himoyachi qaytargan bo'lsa, Xendersonning tepgan to'pi noaniq ketdi.

35. ZARBAAAAAAAAA!!! Salohning ajoyib uzatmasidan keyin Mane zarba berdi. Ammo noaniq.

33. Xendersonning havodan uzatgan to'pini Roberto maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Burchak to'pidan "Liverpul" unum chiqara olmadi.

30. SHunchaki dahshatli harakatlar!!! Messi bir necha raqibini aldab o'tdi va Suaresga pas berdi. Ammo urugvaylikning pasini himoyachilar qaytarib yubordi.

26. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Qanotdan uzatilgan to'pga Suares zarba berdi va hisobni ochdi.

24. O'zgarish. Keyta o'rniga Xenderson.

23. Mane juda faol. Uning qanotdan uzatgan pasiga sheriklari etib bora olmadi.

21. Keyta jarohatlangan ko'rinadi. U almashtiriladi.

19. Biroq jarimadan uzatilgan to'p van Deykka etib bormadi.

18. Pike o'z xatosi tufayli Maneni yiqitdi. Xavfli jarima zarbasi.

16. Koutinoning xavfli zarbasi noaniq ketdi. Ammo u bu vaziyatda offsaydda qolib ketgandi.

15. Messining zarbasini Alisson ushlab oldi.

14. Qanotdan uzatilgan pasga Messi egalik qildi. Uning individual harakatlaridan keyin Matipning qo'li to'pga tegib ketgandi. Ammo VAR ham buni ko'rmadi.

12. Saloh Langleni osonlik bilan aldab o'tdi va markazga pas berdi. Ammo himoyachilar bu erda paydo bo'ldi.

7. O'yin ajoyib tarzda kechmoqda. "Liverpul" hujum uyushtirayotgandi, biroq birdaniga "Barsa" oldinga o'tib ketdi.... Ikki jamoa ham ochiq o'yin ko'rsatmoqda.

5. Mane himoyachilarni ko'rdim demay darvoza tomon yaqinlashayotgandi, ammo himoyachi uni yiqitgandi. Biroq fol berilmadi. Mane o'rnida turib, to'pni Salohga oshirdi. Himoyachi to'pni qaytarib yubordi.

4. Burchakdan uzatilgan to'pga Suares zarba berdi, noaniq.

3. Endi "Barsa" hujumda. Avvaliga van Deyk raqibi Messidan o'tib ketdi va to'pni tepib yubordi. Ikkinchi tempda Vidal hujumni davom ettirdi. Uning pasini himoyachilar burchakka chiqarib yubordi.

2. Ilk daqiqadanoq Saloh hujumga o'tdi. Uning zarbalarini Langle qaytarib qoldi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi. O'yin boshlanishga barchasi tayyor!

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика